LIMONXONA TASHKIL QILGANLARGA SUBSIDIYA BЕRILADI.

LIMONXONA TASHKIL QILGANLARGA SUBSIDIYA BЕRILADI.


📃 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022 yildagi 24-son qaroriga ko‘ra;


✅ Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.


✅ Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.


✏️ Xullas, yuqoridagi subsidiya limonzor tashkil qilgan shaxslarga xar bir sotixi uchun 300 ming so‘mgacha (50 sotix bo‘lsa 15 million so‘m) bo‘lgan qismini qoplab berish uchun ajratiladi. Faqat avval limonzorni eson-omon bitirib, bitkazganingizdan keyin yuqoridagi ishchi komissiyaning dalolatnomasi bilan bu tasdiqlansa, shundan keyin bir oy ichida sizga subsidiya ajratiladi.