Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?


☑️ Tuhmat, ya’ni bila turib yolg’on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.


❕Xususan, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda (https://lex.uz/docs/97664#197981) tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so’mdan 19 mln 800 ming so’mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.


⏩ Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa, 66 mln so’mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko’paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi (https://lex.uz/docs/111453#262239) va aybdor:


▫️66 mln so’mdan 132 mln so’mgacha miqdorda jarima;

▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.


✅ Agarda tuhmat:


➖ og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etishda ayblab;

➖ og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan holda;

➖ xavfli residivist tomonidan;

➖ g’arazgo’ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:


▫️99 mln so’mdan 165 mln so’mgacha miqdorda jarima;

▫️360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.