KO‘CHMAS MULK BUZILISH (SNOS)GA TUSHGAN YOKI TUSHMAGANLIGINI QAYERDAN BILSA BO‘LADI ?

KO‘CHMAS MULK BUZILISH (SNOS)GA TUSHGAN YOKI TUSHMAGANLIGINI QAYERDAN BILSA BO‘LADI ?


⚡️SAVOL;

Men bir joydan ko‘chmas mulk sotib olmoqchiman. Men u joyni pulini to‘lashdan oldin aldanib qolmaslik uchun u yer buzilishga tushgan yoki tushmaganligini bilishni xoxlardim. Shu to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotni qayerdan olsam bo‘ladi ?


⚡️JAVOB;

Hukumatning 200-son qarori bilan tasdiqlangan shu masalaga oid ma’muriy reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi bunday ma’lumotnomani olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat yetadi yoki YIDX portali orqali davlat xizmatidan yelektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.


✅ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdori (300 000 so‘m)ning 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat yetilganda yig‘im summasi (5 %)ning 90 foizi miqdorida undiriladi.


❗️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad yetish uchun asos hisoblanadi. Ya’ni, pulini to‘lamasangiz Sizga bu masalada xizmat ko‘rsatilmaydi.