KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS

KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS


⚡️Savol:

Qanday xolatlarda fuqaro harbiy xizmatga borishdan ozod qilinishi mumkin ?


⚡️Javob:

2002 yilda qabul qilingan 436-II-son qonunning 22-moddasiga asosan,


❗️Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:


👉 1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;


👉 2) agar o‘zlari harbiy xizmatga rozi bo‘lmasa, yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;


👉 3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.


👉4) Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.