BOG‘DORCHILIK, UZUMCHILIK VA LIMONCHILIK UCHUN KRЕDIT BЕRILADI.

BOG‘DORCHILIK, UZUMCHILIK VA LIMONCHILIK UCHUN KRЕDIT BЕRILADI.


📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-son «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori (https://lex.uz/docs/5785317)👈 ga ko‘ra, 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.


❗️Kreditlar kimlarga beriladi ?


👉 Aholi va tadbirkorlarga


❗️Qanday shartlarda ?


👉 14 foizli stavkada, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.


❗️Qayerdan beriladi ?


👉 Kreditlar «Agrobank», «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» tomonidan beriladi.


❗️Kayerga borish kerak ?


👉 Kreditlar har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasi asosida beriladi demak xarita hokim yordamchisidan olinadi