FAN O‘QITUVCHISI O‘QUVCHILAR UCHUN TO‘GARAK O‘TISHGA MAJBURMI?

FAN O‘QITUVCHISI O‘QUVCHILAR UCHUN TO‘GARAK O‘TISHGA MAJBURMI?


📍JAVOB:


Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning 46-moddasida (https://lex.uz/docs/5013007) pedagog xodimlarning majburiyatlari hamda Xalq ta’limi vazirining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘ida o‘qituvchining lavozim vazifalari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra to‘garak o‘tish o‘qituvchining majburiyati sifatida keltirilmagan.


Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlarining lavozim majburiyatlari»da ham o‘qituvchining to‘garak o‘tishi haqida qoida nazarda tutilmagan.


Shuningdek, Mehnat kodeksining 176-moddasida (https://lex.uz/docs/142859) xodimning burchlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra xodim faqat ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi lozimligi keltirilgan.


Yuqorida keltirganimizdek, ish beruvchi xodimga bunday talab qo‘ya olmaydi.


Qolaversa, Mehnat kodeksining 177-moddasida ham ish beruvchining burchlari keltirilgan bo‘lib, unga binoan ish beruvchi xodimlar mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.


E’tibor bering. Mazkur moddaga ko‘ra ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas.


❗️Eslatib o‘tamiz. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘rsidagi 49-moddasiga asosan mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.