❗️TAN JAROHATI YETKAZISH 👊🏻
⚡️Savol:
Fuqaro mast holatida boshqa bir shaxsga og‘irroq tan jarohati yetkazib jinoyat sodir qilsa, uning bu harakati sud tomonidan uzirli deb topilishi mumkinmi ?
⚡️Javob:
Bunday holatda tan jarohati yetkazgan shaxs ruhiy tomonlama haqiqatdan xam aqli noraso deb topilgan taqdirda, u JKning 105-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortilmasligi mumkin edi lekin, aqlu-hushi joyida bo‘lgan odam shunchaki ichvolib jinoyatga qo‘l ursa bu boshqa holat.
📄 Asos sifatida, Jinoyat kodeksining 19-moddasiga asosan, mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi deb ko‘rsatilgan.
✏️ Ya’ni, mastlik holatida jinoyat sodir qilgan shaxsning jinoyat sodir qilayotgan paytida haqiqatdan xam mast holatda bo‘lganligi, o‘zini bilmay qolganligi, nima qilayotganligini tushunmaganligi, sekin uraman deb qattiq urganligi, qo‘liga uryabman deb bo‘yniga urvorganligi, urib qo‘yib yordam ko‘rsatganligi yoki indamay survorganligi uni jinoyatini uzirli deb topish nuqtai nazaridan xech narsani hal qilmaydi va u javobgarlikdan ozod bo‘lmaydi.