FUQAROLARGA 1 GЕKTARGACHA YERLAR 10 YILGA IJARAGA BЕRILADI.

FUQAROLARGA 1 GЕKTARGACHA YERLAR 10 YILGA IJARAGA BЕRILADI.

📃 Davlat rahbarining 23.11.2021 yildagi PQ-20-son qaroriga asosan, fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini 2022 — 2025 yillarda davlat zaxirasiga qaytariladi.

🟢 Zaxiraga qaytarilgan yerlar dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektar (10 sotix)dan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi.

🟢 Qishloq xo‘jaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish «E-IJARA» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🟢 «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da turgan oilalar yerni ijaraga olishda boshqalarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.

🟢 Shuningdek qarorda yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun talabgorlarga 100 million so‘mgacha va 14 foiz stavkada kreditlar xam beriladi.