YO‘L-TRANSPORT HODISASI YUZ BЕRGAN JOYDAN QOCHIB KЕTGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.

YO‘L-TRANSPORT HODISASI YUZ BЕRGAN JOYDAN QOCHIB KЕTGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.


⚡️SAVOL;

«Avariya» sodir qilib o‘sha joydan qochib ketgan shaxsga qanday chora ko‘riladi


⚡️JAVOB;

MJTKning 137-moddasiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari (4 500 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.