BOLALARNI FAMILIYASINI O‘ZGARTIRISH
⚡️SAVOL:
Erim bilan ajrashganimizga 2 yil bo‘ldi. Erimning familiyasiga yozilgan 6 yoshli qizimiz bor. Men uning familiyasini o‘zimnikiga o‘zgartirmoqchiman. Shu masalada men vasiylik va homiylik organiga murojaat qildim. Ular sobiq turmush o‘rtog‘imning roziligini so‘rashdi, lekin u qat’iyan rad etdi. U bolaga aliment to‘laydi. Farzandimning familiyasini uning roziligisiz qanday o‘zgartirishim mumkin?
⚡️JAVOB:
Oila kodeksining 70 moddasiga (https://lex.uz/docs/104720#159024) asosan, agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota yoki ona bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qilishi belgilangan. Demak, vasiylik va homiylik organi Siz borgan vaqtingizda otaning roziligini so‘raganligi noqonuniy talab emas.
Unday bo‘lsa buni imkoni yo‘q ekanda deyishingiz mumkin! ❗️Agar👇
Otaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, u otalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda uning fikrini hisobga olish shart emasligi mazkur moddada o‘z aksini topgan. Ya’ni, manashu ko‘rsatilgan hollardagina uning roziligisiz bolaning familiyasini o‘zgartirish mumkin.