Oldi sotdi shartnomasi
⚡️SAVOL;
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining asosiy majburiyati nimada ?
⚡️JAVOB;
Fuqarolik kodeksi ikkinchi qismi 386-moddasiga ko‘ra, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasini to‘lash majburiyatini oladi.
✏️ Qisqa aytganda, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining asosiy va yagona majburiyati olgan tovarini pulini to‘lash. (Pulni sana tovar mana)