MЕROSDAN VOZ KЕCHIB YANA UNI QAYTARIB OLSA BO‘LADIMI ?
⚡️SAVOL;
Men bundan ikki yil avval otamdan qolgan dala hovlidagi meros ulushimdan singlimning foydasiga voz kechgan edim. Endilikda fikrim o‘zgarib qoldi. Shu sababli voz kechgan ulushimni qaytarib olsam bo‘ladimi?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1147-moddasida, merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytib olinishi mumkin emasligi belgilangan. Xulosa shuki, endilikda Siz voz kechgan meros ulushingizni qaytarib ololmaysiz.