MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAB TAVSIYANOMA OLGANLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BOR.
📃 Adliya vazirligi tomonidan 31.01.2020 yilda 3215-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarorga ilova qilib keltirilgan nizomga asosan, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar;
🟢 1) Respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
🟢 2) Respublikaning OTM (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
❗️Muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy xizmatchilarga beriladigan tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.