Xususiy kollej yoki texnikum tashkil etish uchun imtiyozlar beriladi

❗️Xususiy kollej yoki texnikum tashkil etish uchun imtiyozlar beriladi


Davlatimiz rahbari aholini kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor ulushini ko‘paytirish lozimligini ta’kidladi.


Xorijiy kompaniyalar ham yoshlarimizni kasbga o‘qitib, bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni bildirmoqda.


Bu boradagi ishlarni faollashtirish maqsadida xususiy kollej va texnikumlar tashkil etish uchun qator imtiyozlar beriladi:


— lisenziya olish uchun talablar qayta ko‘rib chiqilib, zarur mablag‘ning minimal miqdori 2 baravarga kamaytiriladi;


— bo‘sh binolar uzoq muddatga ijaraga beriladi;


— xorijdan keltiriladigan adabiyotlar va uskunalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;


— xalqaro malaka sertifikatini olgan har bir bitiruvchi uchun 1 million so‘mdan to‘lab beriladi;


— ehtiyojmand yoshlar to‘lov-kontrakti mablag‘ining 30 foizi qoplab beriladi