HARBIY KIYIMNI ODDIY FUQARO KIYIB YURSA UNGA JAVOBGARLIK BORMI

HARBIY KIYIMNI ODDIY FUQARO KIYIB YURSA UNGA JAVOBGARLIK BORMI


⚡️SAVOL;

Men harbiy xizmatda ishlaydigan o‘rtog‘imdan harbiy kiyim olib, o‘sha kiyimni ko‘chada kiyib yursam menga qonun bo‘yicha javobgarlik belgilanishi mumkinmi ?


⚡️JAVOB;

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209 prim 1-moddasiga ko‘ra, formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish, — Formali kiyim-boshni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (540 000 so‘m)dan besh baravarigacha (1 350 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.


🟢 Yuqoridagi normaga asosan, Sizni harbiy xizmatda ishlaydigan do‘stingizdan olgan kiyimingiz tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan namunadagi kiyim xisoblanadi va u kiyimni ko‘chada kiyib yursangiz, kiyim Sizni ma’muriy jarimaga boshlab borishi mumkin.


✏️ Shuning uchun u kiyimni uyda kiyib bir marta yaxshilab rasmga tushib olingda keyin indamay yechib qo‘yganingiz yaxshiroq…