KIMLAR BIRINCHI NAVBATDA BOG‘CHAGA QABUL QILINISHI KЕRAK
✅ Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bog‘chaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega bo‘ladi.
✅ Ular👇
🟢 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
🟢 ko‘p bolali oilalarning bolalari;
🟢 yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
🟢 “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlari;
🟢 kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
🟢 talabalar va pedagoglarning bolalari;
🟢 akalari yoki opalari ushbu bog‘chaning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar;
🟢 ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi bog‘chalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.