TUHMATCHIGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR

TUHMATCHIGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR


⚡️Savol:

Bir tanishim men haqimda xamma joyga tuxmat tarqatib yuribdi. U menga tuxmat qilib davlat organlariga xam murojaat qilmoqda. Men uni javobgarlikka torttirish uchun qanday tartibda va kimga murojaat qilishim kerak?


⚡️Javob:

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga ko‘ra, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi qayd etilgan.


✅ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida tuhmat qilganlik uchun jarima jazosi belgilangan. Haqorat qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin yana o‘sha qilmishini takrorlasa, Jinoyat kodeksining 139-moddasiga ko‘ra u jinoiy javobgarlikka tortiladi.


✅ Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasiga ko‘ra, tuhmat yuzasidan jinoyat ishlari jabrlanuvchining (Ya’ni Sizning) shikoyat arizasiga asosan qo‘zg‘atiladi deb ko‘rsatilgan.


✅ Xullaski, Siz avvalo tuxmatchining Sizga qilayotgan tuxmatiga qarshi asosli dalillaringizni to‘plab turavering. U sizni ustingizdan tuxmat bilan qaysidir organga murojaat qilgan bo‘lsa o‘sha organ hodimlari Sizni chaqirgan vaqtda uning vajlari tuxmat ekanligini isbotlash uchun Sizdagi dalillar kerak bo‘ladi. Uni murojaati o‘rganilgan vaqtda uning vajlari tuxmat ekanligi tasdiqlansa, Siz o‘sha organ orqali yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki sudga ariza berib uni javobgarlikka torttirishingiz mumkin.