Aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlik.

Aliment to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlik.


Savol; Voyaga yetmagan bolalarga qancha vaqt aliment to‘lamaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin ?


Javob; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga ko‘ra, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan.