SHARIY NIKOH QONUNIYMI.
🟢 SAVOL;
Biz turmush o‘rtog‘im bilan zagsdan o‘tmasdan oila qurganmiz lekin shar’iy tomonlama nikoh o‘qilib to‘yimiz bo‘lgan. Bizni shu nikohimiz qonuniy xisoblanadimi ?
🟢 JAVOB;
Yo‘q bunday nikoh qonuniy xisoblanmaydi. Sizlarning nikohingiz qonuniy emas shar’iy xisoblanadi. Oila kodeksining 13-moddasida diniy rasm-rusmlar bilan tuzilgan nikoh qonuniy xisoblanmasligi ko‘rsatilgan.
✏️ Bu nima degani ? Ya’ni shar’iy nikoh huquqiy jixatdan tan olinmaydi degani. Masalan shar’iy nikoh bilan oila qurgan shaxslarning o‘rtasida vaqti kelib mulkiy munosabatlarda nizo yuzaga keladigan bo‘lsa nikoh qonuniy tuzilmaganligi sababli nizoni xal qilish nimanidir da’vo qilayotgan shaxsning foydasiga xal etilmaydi degani.
✏️ 7 ta maxallani aytib, 8 ta xopizni olib kelib, 9 kun xalqqa osh berib to‘y qilsangiz xam FHDYO bo‘limidan qonuniy nikohdan o‘tmasangiz sizni nikohingiz qonun tomonlama tan olinmaydi.