Ko‘p bolali oila tushunchasini bilasizmi?
— 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oiladir.
— Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va professional, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda 22 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi.
— Davlat koʻp bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi.