Bola puli uchun ariza faqat mahallaga topshiriladimi.
⚡️SAVOL;
Men bolalar nafaqasi uchun ariza bermoqchi edim. Shu arizani mahalladan boshqa joyga xam topshirsam bo‘ladimi yoki faqat mahallaga topshirishim kerakmi ?
⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman yoki shahar bo‘limi boshlig‘ining nomiga ariza yozilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi deb ko‘rsatib qo‘yilgan.
🟢 Demak siz arizani Pensiya jamg‘armasi boshlig‘ini nomiga yozasiz lekin mahalla fuqarolar yig‘iniga berishingiz kerak.