Sudga ariza bermasdan ajrashish.

Sudga ariza bermasdan ajrashish.


⚡️ SAVOL:

Qaysi hollarda sudga murojaat qilmasdan FHDYO organlarida nikohdan ajrashish mumkin?


⚡️JAVOB:

«Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ga ko‘ra, FHDYO bo‘limlari tomonidan nikohdan ajratish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:


✅ Voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda;


✅ Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga yetmagan bolalar borligidan qat’i nazar, er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;


✅ Ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;


✅ Sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.