QISHLOQ JOYLARDAN SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISH UCHUN OILANING DAROMADI QANCHA BO‘LISHI KЕRAK.

QISHLOQ JOYLARDAN SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY OLISH UCHUN OILANING DAROMADI QANCHA BO‘LISHI KЕRAK.


⚡️SAVOL;

Men qishloq joyda istiqomat qilaman. O‘zim yashab kelayotgan joydan subsidiya asosida uy-joy olmoqchi bo‘lsam meni oilamni oylik jami daromadi qancha bo‘lishi kerak ?


⚡️JAVOB;

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi:


✅ Qishloq joylarda — Eng kam ish haqi (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000) dan kam va 6,9 baravari (5 671 800)dan yuqori bo‘lmasligi kerakligi belgilangan.


✅ Demak siz o‘zingiz yashab kelayotgan joydan subsidiya asosida uy-joy olishingiz uchun oilangizni oylik jami daromadi 2 466 000 so‘m bilan 5 671 800 so‘mni oralig‘ida bo‘lishi kerak.