STIR va INPS nima va ularni qayerdan olish mumkin?
INPS va STIR hujjatlarini qayerdan va qanday olish to‘g‘risidagi murojaatlarga javob tariqasida quyidagi mavzuga alohida to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.
STIR (INN) bu – soliq to‘lovchining shaxsini aniqlovchi raqam. STIRni soliq tashkilotidan yoki quyidagi onlayn anketa to‘ldirish orqali olish mumkin.
Agar siz STIRni ilgari olgan bo‘lsangiz, ammo uning raqamini eslay olmasangiz Soliq xizmatlari rasmiy sayti orqali ma’lumot olish imkoni mavjud. Buning uchun pasport ma’lumotlaringizni kiritilgandan va bir necha daqiqada kerakli olishingiz mumkin bo‘ladi.
INPS – bu jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi hisob varag‘i. O‘zbekistonda INPS hisobini davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilish orqali ochish mumkin. Fuqaro INPS ro‘yhatiga kiritilgandan so‘ng Xalq banki tomonidan tayyor pensiya daftarchasi taqdim etiladi.
INPS jamg‘arma holati to‘g‘risida ma’lumotlarni olish uchun Xalq banki yoki bank filiallariga murojaat qilinadi. Bunda fuqaro INPS raqami (jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi) va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport) taqdim kerak bo‘ladi.