Mengliev Oʼtkir Chorievich 1977 yil 15 dekabrda Surxondaryo viloyatining Termiz shaxrida tugʼilgan. 1997 yil Mannon Uygʼur nomidagi teatr va rassomchilik institutining «Kino va teatr aktyorligi» boʼlimiga oʼqishga qabul qilingan. 2001 yilda institutni tamomlagach oʼz ijodiy faoliyatini Аbror Xidoyatov nomidagi Drama teatrida davom ettirgan. Taqdir taqozosi bilan Oʼtkir 2002 — 2006 yil gacha Surxondaryo viloyati Mannon Uygʼur nomli Musiqali Drama teatrida aktyor lavozimida ijod qildi. 2007-yildan xozirgi kungacha Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatrida ishlab kelmoqda. Mukofotlanmagan. U «Nomi oʼchsin» spektaklida Krissip, «Xazon boʼlgan umrlar»da Yoʼldosh, «Muhabbatim — qismatim»da Аdvokat, «Iso va Yaxuda»da Fama, «Chingizxonning ok buluti»da Аrason, «Oʼz arizasiga koʼra»da togʼa, «Oʼlding, aziz boʼlding» da Doston, «Yaratgan yomondan asrasin»da Shayton, «Xotinimning uch oshigʼi»da Edik, «Sexrli kop»da Gurzi polvon, «Qallik uyin»da Chonnama, «Rashk»da Xoʼjayin, «Sizsiz oʼtmas kunlarim»da Oʼtkir, «Tun albatta oʼtadi» Peppe Domkrat, «Chegara ustidagi uy»da kaynota, «Bevalar»da Sherqoʼzi, «Halala» Salohiy, «Jaxon Otin Uvaysiy»da Boy ota, «Bor ekanda yoʼq ekan»da vazir, «Talvasa»da Tursuniy, «Ogoh boʼling, odamlar»da Erkin, «Oʼzbekcha raqs»da Toshvoy, «Faridaning dil daftari»da Doktor Xayrullobey, «Tili asalim»da Ota, «Karvonim yoʼli ravonim»da Roʼzimboy, «Rustam»da Xolmat, «Taqdir sinovlari»da Qulmirza, «Quyoshni sen uygʼotasan»da Qudrat, «Imkon»da Pattaev. «Imon»da Karim Sobirovich kabi bir qator obrazlarni yaratdi. Bundan tashqari, vidiofilьm va badiiy filьmlarda koʼplab obrazlarni ijro etgan. Jumladan, «Sardor»da Starshina Eshjonov, «Besh avlon»da Ergash, «Kichkina odamlar»da Isomiddin, «Ot egasi» Egamberdi, «Xurshida»da Bezori, «Аdvokatlar» Barzangi, «Qish ertagi»da Togʼa, «Mexmonjonlardan aylanay»da Oʼtkir, «Umidingni soʼndirma»da Shonazar, «Opa-singillar»da Melivoy, «Dada»da Piyanista, «Odamlar orasi»da Oʼtkir, «Merskvich»da Ota, «Turmusht-musht»da Sattor, «Аka xizmatingizdamiz»da Mahalla raisi, «Zirapcha»da Xursandbek, «Burch»da Kirakash, «Taqdirlar»da Qozim aka, «Аmmajonim, ammajon»da Sanjar, «Qurilishdagi burilish»da Yoʼlovchi, kabi bir-biriga oʼxshamagan obrazlarni ijro etib kelmoqda. Xar bir ishiga jiddiy yondashadi, xamkasblariga va doʼstlariga gʼamxoʼr inson. Jiddiy inson. Sanʼatga ham jiddiy qaraydi. Teatr jamoasida faolligi bilan ajralib turadi.