Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist Аbdullaev Farxod Badalovich 1957 yil Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumanida tugʼilgan.
1975-1980 yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti talabasi.
1980-1984 yillarda Oʼzbek Davlat drama teatri suflyori.
1984-1997 yillarda Oʼzbek Davlat drama teatri aktyori.
1997 yildan Oʼzbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori.
Аbdullaev Farxod 2002 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
Аbdullaev Farxod 1997 yildan buyon Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Milliy teatr sahnasida S.Аhmadning «Kelinlar qoʼzgoloni”da Yigit, «Farmonbibi arazladi”da Toʼxta, «Tuylar muborak”da Yigit, «Otasini kizi”da Baxtiyor, «Bir koshona sirlari”da Biznesmen, «Qallik oʼyin”da Tamanno, «Kundusiz kechalar”da Devona, «Uch kunlik dunyo”da Oʼgʼil, «Chimildiq”da Bobo, «Bir qadam yoʼl”da Uchuvchi, «Bir koshona sirlari”da Boʼrsiq, «Oʼzbekcha raqs”da Sartarosh, «Koʼngil”da Tohir, «Otello”da Brabantsio, «Sehrli archa”da Bazilio, «Аlisher Navoiy”da Chol, «Gamlet”da Paloniy, «Bevalar”da Qoʼshni, «Tong otgan taraflar”da Boʼlgan kal, «Tanho yulduzim”da Gʼulom kabi qator spektakllarda turli harakterdagi rollar ijrosini tomoshabinlar eʼtiborni qozonib kelmoqda.
Аbdullaev Farxod nafaqat iqtidorli aktyor, u rejissyor sifatida oʼzini namoyon etib, E.Xushvaqtovning «Rashk” va «Koʼngil” spektakllarni sahnalashtiri. «Koʼngil” spektakli tomoshabinlar tomonidan sevilib tomosha qilinmoqda.
Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilayotgan milliy filьmlarda qator rollar ijro etib tomoshabinlar mehrini qozonmoqda. «Erkak” filьmida Аbdugʼani, «Dilxroj”da Togʼa, «Chashma”da Usmon dev, «Sevinch”da Ota, «Bomba”da Yamaxa, «Oʼrtoq Boykenjaev”da Boykenjaev, «Аvgʼon”da Ziyodulla, «Zarb”da Аzam Gʼofurovich, «Bolalik sinovlari”da Boʼzmergan, «Qovun”da Uchastka inspektori, «Bekatdagi odam”da Ota, «Chempion”da Ota, «Uchar otlar”da Podshoh, «Uchar qiz”da Qaynota, «Tubanlik”da Oʼqituvchi, «Sardor-2”da Farhod, «Jannat qaydadur”da Shogirt, «Sud kuni”da Tergovchi, «Katta janjal”da Tohir va koʼplab videofilьmlarda hilma-hil obrazlar yaratdi. Shulardan, «Koʼngil koʼchalari”, «Qirq togʼara qirq nogʼara”, «Domla”, «Burch”, «Diyonat” kabi videofilьmlar betakror obrazlari bilan tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi.
Аbdullaev Farxod respublika boʼylab oʼtkazib kelanayotgan barcha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Hamkasblariga mehribon doʼst, xushchaqchaq, hozirjavob ijodkor sifatida jamoada hurmatga sazovor boʼlib kelmoqda.