Oksana Aleksandrovna Chusovitina — 1975 yilda Buxoroda tugʻilgan. Badiiy gimnastika sportchisi. U dunyo boʻyicha oltita olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir. Oksana Chusovitina 1992-yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilga Pekin olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Oksana Aleksandrovna Chusovitina
Sport Faoliyati
Oksana Chusovitina sport gimnastikasidagi faoliyatini oʻtgan asrning 90-yillari boshlarida, SSSR terma jamoasi saflarida boshlagan. Oksana 1992-yilda birinchi bor Barselona Olimpiadasida qatnashib¸ musobaqalarni ettinchilikda tugatdi.
1996-yilda Atlanta¸ undan keyin, 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida qatnashdi. Bu oʻyinlarda medal sohibasiga aylanmagan boʻlsa-da¸ Oksananing qoʻlida 9 oylik chaqalogʻi Alisher bilan xalqaro musobaqalarda qatnashganining oʻziyoq¸ badiiy gimnastika mutaxassislari tomonidan¸ mislsiz jasorat sifatida baholandi. Mustaqillik yillari sport gimnastikasi boʻyicha u Oʻzbekiston terma jamoasiga murabbiylik ham qilgan. 2006 yilda esa, oilaviy sharoiti tufayli, Oksana Germaniyaga koʻchib oʻtgan va oʻshandan buyon shu mamlakat terma jamoasi safida musobaqalarda etgan.
Hayotiy Sinovlar
Sidneydagi Olimpiada oʻyinlari tugagach, 25 yashar Oksana katta sportni tark etishi mumkin edi. Ammo qoʻlidagi goʻdagining saratonning ogʻir koʻrinishi — oqqonga chalingani¸ sportchi qizning yashirin matonatini bulogʻini ochib yubordi.
Bolasini davolatish uchun Germaniyaga kelgan Oksana¸ Germaniyadagi musobaqalarda qatnashib¸ yutgani evaziga berilgan pullarni oʻgʻlining muolajasiga toʻlay boshladi.
Oʻgʻli Alisher tuzalib ketdi va oʻz minnatdorligini izhor qilish yoʻli sifatida Oksana¸ oʻz talantini Germaniya badiiy gimnastika jamoasiga taklif etdi. Shu tarzda u Germaniya fuqaroligi¸ uning asosida milliy jamoasiga qabul qilindi va 2008-yilgi Pekin olimpiadasida 33 yashar Oksana Germaniya bayrogʻi ostida musobaqalarga kirdi.