Abdulla 10 yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan. O‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklarida u ajoyib g‘alabalarga erishib, mutaxassislar nazariga tushdi, 1995 yildan boshlab u Chirchikdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida murabbiy S.Murodasilov qo‘l ostida o‘z mahoratini oshirdi. Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklari va xalqaro musobaqalarda (o‘z vazni va mutlaq birinchilikda) u katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Abdulla Tangriev
19 yoshli Abdulla Tangriev Sidney olimpiadasiga borayotgan terma jamoa tarkibiga kiritildi. Olimpiya o‘yinlarida u ikkita bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Agar Abdulla vazni 100 kilogrammdan yuqori polvonlar musobaqasida qatnashganini hisobga olsak, bu g‘alabalar uning istiqboli porlokligidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, Abdulla ko‘p o‘tmay Gonkongda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan Osiyo birinchiligida zafar quchdi.
XXI asr polvoni deb baholanayotgan Abdulla Tangriev shu yil boshida Uzbekistan chempionatida 100 kilogrammdan yuqori va mutlak, vaznda qo‘shaloq g‘alabaga erishdi.