Durdona Qurbonova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Qadrli saytimiz muxlislari sizlarga Million jamoasiga yaqindagi kelib qo’shilgan yosh aktrisa Durdona Qurbonova haqida qisqacha ma’lumotlarni taqdim etamiz.

 

Durdona Qurbonova 1998 yil 2 iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan.U Oilada  to’rt farzandning biri.

 

Durdona Toshkent shahridagi madaniyat kollejini tamomlagan,U hozirgi kunda O’zbekiston davlat sa’nat va madaniyat oliy o’quv yurtining drama kino bo’limida tahsil olmoqda.

Bu bo’lajak aktrisa shu yil Million jamoasi taklifi bilan,ularning yangi konsert dasturida ishtirok etdi.

 

Durdona oilada yagona sa’natkor emas uning singlisi ham bo’lajak xonanda bo’lib,u hozirda musiqa bilim yurtida o’qiydi.

durdona qurbonova
 

Bu aktrisa sohta va o’zgaruvchan insonlarni va hiyonatni yoqtirmaydi.

Kelajakdagi orzulari: Durdona kelajakda xalq sevgan sa’natkor bo’lishni,o’zi sevgan inson bilan oila qurishni,hamda ota onasini rozi qilib, ularni duolarini olib yurishni hohlaydi va doimo shunga harakat qiladi.

 

Ushbu bo’lajak aktisaning bu ezgu niyatlari ijobat bo’lishini tilab qolamiz.