Shahzoda Muhammedova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Shahzoda Muhammedova 1991 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

U yoshligida rasm chizishga qiziqqan va dizaynerlik sohasida bilim olgan.Keyinroq Toshkent Davlat Iqtisodiyot oliygohida Turizm sohasida tahsil olgan.

Oliygohini tamomlagach u turizm sohasini emas balki o’zi qiziqqan sa’nat sohasini tanlagan.

 

Shahzoda Muhammedova kino sohasiga dastlab liboslar dizayneri sifatida kirib kelgan.U rejissiyorning taklifi bilan o’zini aktrisa sifatida kichik epizodda sinab ko’rgan.Bu rolni u Omad nomli filmda ijro etgan.

Shundan keyin u kinoda aktrisa sifatida birin ketin turli filmlarda qatnasha boshlagan.

Shahzoda aktrisalik bilan birga o’zini xonanda va boshlovchilikda ham sinab ko’rgan.

 

Shahzoda Muhammedovani xalqqa tanitgan roli bu «Tundan tongacha» filmidagi obrazi hisoblanadi.

Aktrisa bugungacha o’nlab filmlarda ishtirok etgan.

 

Shahzoda Muhammedova sa’natdan tashqari o’zining asosiy kasbi bo’lgan dizaynerlik sohasida ham tadbirkorlik faoliyatini olib boradi.Hozirgi kunda uning shaxsiy liboslar do’koni mavjud.

 

Sahzoda ijtimoiy tarmoqlarda juda faol bo’lib,u doimiy o’zi haqidagi ma’lumotlarni tarmoqdagi sahifalariga qo’yib boradi.Shuning uchun bo’lsa kerak ko’pincha muxlislar orasida u haqda turli mish mishlar paydo bo’lib turadi.

Shahzoda Muhammedova Biografiyasi
 

Bugungi kunda 27 yoshdagi Shahzoda Muhammedova o’zining sa’nat va tadbirkorlik sohalaridagi faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.