Konor Entoni Makgregor 1988 yil 14 iyul sanasida Irlandiyaning Dublin shahrida tug’ilgan.
U sportdagi o’z faoliyatini dastlab futbolchi sifatida boshlagan va «Luders Seltic» kulubida to’p surgan.
2006 yilda Konorning oilasi Dublin shahridagi boshqa bir tumanga ko’chib o’tadi.U o’sha yerdagi o’rta maktabni tamomlagach santexnik sifatida ishlaydi.
Shu orada Konor aralash jang san’ati yani MMA. ga qiziqib qoladi va birinchi ustozi Tom Egan qo’l ostida shug’ullana boshlaydi.
Keyinroq u Irlandiyadagi MMA jamoalaridan biriga qabul qilinadi.
Konor Makgregor Biografiyasi
U o’zining professional sportchilik faoliyati engil vazn toifasida boshlagan va ketma-ket g’alabalarga erishgan.
Konor Makgregor 2015 yilda engil vazn toifasida MMA chempionligi uchun Ched Mendesga qarshi jang o’tkazadi va uni mag’lubiyatga uchratib o’z toifasida jahon chempionligini qo’lga kiritadi.
Shundan keyin u o’z kamarini himoya qilish uchun ketma ket bir nechta janglar o’tkazadi va ularni barchasida g’alaba qozonadi.
Konor Makgregor dunyoga nafaqat mashxur chempionligi bilan balki o’zi hos kulgili hatti harakatlari orqali ham tanilgan.
U o’zining sportchilik faoliyati davomida hozirgacha 25 ta jang o’tkazib ularning 21 tasida g’alaba qozongan va 4 ta jangda mag’lubiyatga uchragan.
Konor so’nggi mag’lubiyatini 2018 yilda Habib Nurmogomedovdan qabul qilib olgan va unga chempionlik kamarini yutqazgan.
Hozirda 30 yoshdagi Konor Makgregorni Jek ismli bir o’g’il farzandi bor.Bugungi kunda u oilasi bilan Las Vegas shahrida yashaydi.