Zulxumor Mo’minova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Aktrisa Zulxumor Mo’minova 1960 yil 12-noyabr sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan.

Zulxumor Mo’minova yoshligidan san’atkorlikka qiziqqan va maktabni bitirgach Moskvadagi Butunrossiya kinomatagrafiya oliygohida tahsil olgan.Ushbu oliygohni u 1983 yilda tamomlagan.

 

Aynan shu yildan u «O’zbekfilm» kinostudiyasida o’z faoliyatini boshlagan.Ushbu kinostudiyadagi faoliyati davomida aktrisa «Sevgi afsonasi» ,»Qora mushuk» va «Shaytanat» kabi bir nechta filmlarda suratga tushgan.

Zulxumor Mo’minova tomoshabinlarga asosan dublaj aktrisasi sifatida yaxshi tanish bo’lib, bugungacha yuzlab filmlar dublajida qatnashgan.Shu bilan birga u sobiq «Zamin Fm» radiosidagi faoliyati orqali ham ko’plab muxlislar ortirgan.

Ushbu ko’p yillik faoliyati orqali Zulxumor Mo’minova «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan. 

Zulxumor Mo’minova Biografiyasi
 

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Zulxumor Mo’minova talabalik davrida ko’pchiligimiz tanigan aktyor Zokir Mo’minovga turmushga chiqqan.Keyinroq ular bir o’g’il farzandli bo’lishgan.Taqdir taqazosi bilan uning turmush o’rtog’i aktyor Zokir Mo’minov kutulmaganda olamdan o’tgan.Zulxumor Mo’minova shundan keyin boshqa turmush qurmagan.

Bu aktrisaning yolg’iz o’g’li Umid Mo’minov hozirda 34 yoshda bo’lib, Moskva shahrida yashaydi.

 

Zulxumor Mo’minova hozirda 58 yoshda.U bugungi kunda ham o’zining kino va dublaj sohalaridagi faoliyatlarini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.