Otabek Madrahimov 1975 yil 26-yanvar sanasida Toshkentda tug’ilgan.U «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» va «Qoraqolpog’iston xalq artisti» baletmester Ziyoda Madrahimovaning o’g’li hisoblanadi.Shu bilan birga u marhum «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist»lar Ubaydulla Madrahimov va Ergashxon Mirmahmudovalarning nabirasi bo’ladi.
Otabek Madrahimov oilda to’ng’ich farzand bo’lib, uning ikki nafar ukasi bor.
U yoshligida estrada va sirk kollejida o’qigan.
Otabek Madrahimov o’z faoliyatini aktyor sifatida boshlagan va 12 yoshidan filmlarda suratga tushgan.Keyinchalik esa u faoliyatini xonandalikda davom ettirgan va aynan xonanda bo’lib tanilgan.U marhum san’atkorlar Muhriddin Xoliqov va Xusniddin Xoliqovlarning shogirdi bo’lib, ularning qo’l ostida bir necha ijod qilgan.
Otabek Madrahimov xonandalik faoliyati davomida o’nlab qo’shiqlar ijro etgan va yakkahon konsertlar bergan.Ushbu faoliyati orqali u «Ofarin 96» hamda «Nihol» kabi davlat mukofotlarini qo’lga kiritgan.
Otabek Madrahimov tomoshabinlarga «Otash» nomi bilan tanilgan bo’lib, keyinchalik ayni shu nom ostidagi o’zining shaxsiy studiyasini ham tashkil etgan.
Uning shaxsiy hayoti haqida: Otabek Madrahimov 18 yoshida Xushnoza ismli qizga uylangan.Bir necha yillik turmushidan keyin u bilan ajrashgan.Ikkinchi ayoli bilan ham ko’p yashamasdan ajrashgan va birinchi turmush o’rtog’i bilan qayta oila qurgan.
Bugungi kunda ushbu san’atkorning bir qiz va ikki nafar o’g’l farzandi bor.
Otabek Madrahimov Biografiyasi