Alisher Zokirov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Alisher Zokirov Qutbullayevich. 1987-yil 17-dekabrda Andijon shahrining Mirpo’stin ko’chasida, o’rtahol oilada tavallud topgan. Oilada 4 nafar farzand bo’lib, Alisher o’rtancha farzand. Alisher 1995-yilda Andijon shahridagi 37-o’rta maktabga tahsil olish uchun kiradi va ayrim sabablarga ko’ra, 2000-yili 27-o’rta maktabga ko’chib o’tadi. 5-sinfda Alisherni musiqaga qiziqishi borligini sinf rahbari sezib, musiqa to’garagiga olib kirib joylagan va bundan keyin Alisher yosh bo’lishiga qaramasdan turli maktab tadbirlarida mumtoz qo’shiqlarni tor chalib kuylab, maktab ustozlarini hayratga solgan. Alisher turli xil ko’rik-tanlovlarda qatnashib sovrinlar olgan.

2004-yili maktabni tamomladi va oilaviy sharoiti to’g’ri kelmagani uchun musiqa oliygohiga kirolmadi.

Shunga qaramay, Alisher to’y va turli bayram tadbirlarda xizmatlarni davom ettirdi.

2005-yili Alisher bastakorlikda ham o’zini qobiliyatini namoyon etib, bir nechta qo’shiqlar yozdi. 2006-yili «Ota» deb nomlangan duet taronasini omma e’tiboriga havola qildi va muxlislari qalbidan joy oldi.

Alisher ijod qilishda davom etdi va bir nechta xonandalarga qo’shiqlar yozib berdi. 2007-yili «Mensiz» deb nomlangan albom chiqardi. 2008-yilda Shoirabegim ismli ayol bilan birga ishlashga qaror qildi va «Do’st bo’lib qol», «Istamadi», «Kechdim dunyodan» va yana bir qancha taronalarini muxlislar e’tiboriga taqdim etdi. «Do’st bo’lib qol» va «Istamadi» taronalari nafaqat O’zbekistonda, balki qo’shni respublikalarda ham hit darajasiga chiqdi. Alisher 2010-yili Toshkentda ijod qilishni boshladi va yana muxlislarga manzur keladigan taronalarini taqdim etdi.

2018-yilning aprel oyida o’zining yaqin do’sti Zohidjon Nurmatov Alisherga prodyusserlik qilishga qaror qildi va bir necha kliplar suratga olib Alisherni ijodi televideniyalarda ko’proq taqdim etilishni boshladi. «Dardi bedavoman», «Yurak» «Mayli», «Aldana», «Malikam» singari qo’shiqlarni muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Alisher Zokirov 2019-yilning 24-25-fevral kunlari prodyusseri Zohidjon Nurmatov boshchiligida «Xalqlar do’stligi» saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini namoyish qildi.

Hozirda Alisherni kelajakdagi maqsadlari anchagina, lekin yaqin orada xonanda bo’ydoqlar safidan chiqib, turmush qurishni rejalashtirgan.

alisher zokirov oilasi haqida