Bunyod guruhining solisti Abduvali Axmad Toshkent shahrida tug’ilgan. Yoshligidan san’atga qiziquvchi xonanda R.Glier nomidagi musiqa maktabini bitirganidan so’ng O’zbekiston Milliy Konservatoriyasiga o’qishga kirdi. Xozirda 30 ta qo’shiqdan ortiq 3 ta albomi bor. Bular: «Bolajonlar», «Hamon yuragimda» va «Javobing yo’q». «Bolajonlar» va «Hamon yuragimda» qo’shiqlari xit qo’shiqlar o’rnini egalladi. Xonanda 1998-yilda «Yangi taronalar» Respublika ko’rik tanlovida Gran Pri sovrindori bo’lgan. 2002-yilda esa Turkiyaning Anqara shaxrida bo’lib o’tgan festivalida sovrinli o’rin egasi bo’lgan.
Bunyod guruhi