Xoreografiya va raqs san’ati asoslari (E.Saitova, N.Abraykulova)
Tamaraxonim
(Tamara Artyomovna Petrosyan)
(1906-y. — 1991-y.)
Tamara
Artyomovna
Petrosyan
1906-yilda
Farg‘ona shahrida ishchi arman oilasida dunyoga
kelgan. 0 ‘zbek diyorida tug’ilgan arman qizi o‘zbek
xalqi san’atini yaxshi bilgan, o‘z iste’dodi va
zahmatli mehnati bilan boyitgan va dunyoga tanitgan
buyuk san’atkordir. 0 ‘zbek sahna san’atini oyoqqa qo‘yishda
ko‘pgina qiyinchilik, to‘siqlar, sinovlarga duch kelinishiga qaramay,
1920-yilda xalq ashulachisi Muhiddin Qoriyoqubov tashkil qilgan
ansamblda ayollardan faqat Tamaraxonim bor edi. Ancha yosh
boMishiga qaramay vokal, raqs, musiqa san’atidan ustozlari Muhiddin
34
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoriyoqubov, Usta Olim Komilov, Yusufjon Qiziq Shakarjonov,
To‘xtasin Jalilov, Jo‘raxon Sultonov, Xojisiddiq Islomov kabi mohir
san’atkorlardan saboq oldi. Shu yillardan boshlab Tamaraxonim
musiqali drama spektakllarida drama artisti, qo‘shiqchi, raqqosa boTib
ishtirok etib, har bir obrazda o‘zining bor talanti, g‘ayrati orqali
san’atga butun vujudi bilan berilganini ko‘rsatdi. 1924-yildayoq unga
«birinchi Sharq qaldirg‘ochi» deb ta’rif berildi.
Tamaraxonim ko‘pqirrali iste’dod sohibasi sifatida baletmeys-
terlik mahoratini ham ko’rsata oldi. Farg‘ona raqs uslubidan tashqari,
o‘ziga hos tarixi, jozibasi bilan Tamaraxonimni o‘ziga rom etgan
Xorazm qo‘shiq va raqs san’atini xam chuqur o‘rganishga kirishdi.
Natijada, 1935-yilda Londonda boTib o‘tgan birinchi halqaro raqsi va
musiqa san’ati festivalida jahonga nomaTum boTgan o‘zbekning
o‘ziga hos san’atini namoyish qilib,Usta Olim Komilov bilan oltin
medalga sazovor boTdilar. 1937-yilda Moskvada boTib o‘tgan
birinchi o‘zbek san’ati dekadasida milliy raqslami sahnalashtiruvchi
baletmeyster ekanligini yana bir bor tasdiqladi. 0 ‘zbek raqs san’atini
yanada rivojlantirishda faol ishtirok etdi. Navoiy nomidagi teatr
sahnasida birinchi o‘zbek balet spektaklini yaratdi. Ye.Brusilevs-
kiyning musiqasi asosida «Gulandom» baletini yaratib, librettoning
muallifi, baletmeysteri va bosh rol
ijrochisi ham boTdi. 0 ‘zbek
xoreografiyasini rivojlantirish bilan birga, qo‘shiq va raqsni birgalikda
bogTab olib bordi. U o‘z repertuarlarini turli millat qo‘shiq va raqslari
bilan toTdirdi. Qardosh xalqlaming ijodini chuqur o‘rganib, o‘zbek
milliy sozandalar ansambli bilan ijro etib, mamlakatning turli
burchaklariga qilgan safarlarida tomoshabinlami ana shu xalq ijodi
bilan tanishtirish imkonini yaratdi.
Rossiya, Ukraina, Belomssiya, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston
kabi respublikalarga chiqib tomoshabinlar va tinglovchilami o‘zbek,
qozoq, tojik, uyg‘ur, arman, tatar, ozarbayjon, ras, ukrain va boshqa
shular singari ko’plab xalq qo‘shiq va raqslari bilan tanishtirdi. 1941-
yil boshlangan II jahon urashi yillarida front ortida ansambl bilan
ajoyib qo‘shiqchilik san’ati orqali jangchilaming jangovor ruhini
ko‘ratib ularga rahiy madad boTdi. Tamaraxonim G‘arbiy Yevropa
xalqlari san’atini o‘rganib o‘z repertuarini boyitdi. So‘ng, Sharq
mamlakatlaridan Hindiston, Afg‘oniston, Indoneziya va Pokiston
davlatlariga borib, ulami o‘zbekcha qo‘shiq va raqslar bilan
tanishtirdi. Turli davlatlarga borib o‘zbek
san’atini targ‘ib qilish
35
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan birga, o‘sha millat qo‘shiq va raqslarini to‘plab, milliy kiyimlari
va taqinchoqlarini olib keldi hamda kolleksioner sifatida yig‘di.
Tamaraxonimning ijodiy lobaratoriyasi jahondagi 86 millatning
qo‘shiq va raqslari bilan boyidi. Hozirgi kunda Tamaraxonimning uy
muzeyidagi mukofotlari, liboslari, o‘ziga tegishli bo‘lgan tarixiy
hujjatlari, suratlar, esdalik sovg’alari, gazeta va jumallar sahifalarida
bosilib chiqqan ko‘pgina taqrizlar, artistka nomiga kelgan maktublar
kabi eksponatlar uning o‘zbek san’atida naqadar katta o ‘ringa ega
ekanligini tasdiqlaydi. Bu muzey davlatimiz tomonidan o‘zbek san’a-
ti tarixidan so‘zlovchi, moddiy meros sifatida saqlanib kelinmoqda.
M ukarram a Turg‘unboyeva
(1913-y. — 1978-y.)
M.Turg‘unboyeva 1913-yilda Farg‘ona yaqi-
nida, o‘rtahol oilada tug‘ilgan, otasi kichkina-
ligidayoq olamdan o‘tgan, onasini eslaydi. U
tog‘asini uyida tarbiyalangan. M.Turg‘unboyevani
kelinoyisining onasi aw al xalq maktabida, keyin-
chalik pedagogika texnikumiga berib o‘qittirgan.
Yoshligidan musiqaga ishtiyoqi baland bo‘lgan Mukarrama texnikum-
dagi bir qancha to‘garaklarga qatnashsada, ashula va raqs to‘garagiga
mehri boMakcha edi.To‘garak rahbari Fotima YoMdoshboyeva bosh-
chiligida konsert dasturlarini tuzib, texnikumda har juma kuni konsert
berishgan.
1927-yilda Etnografik truppa bilan uchrashuv boMadi. Ular
o’zlarining dasturini namoyish qiladilar. Shunda Tamaraxonim va
Zuhur Qobulov
Mukarrama va uning o‘rtog‘i Halima Rahimovani
teatrda ishlash uchun birga ketishni taklif qiladi. Juda tashvishli
paytlar boMgani sabab ular botina olmaganlar. Tamaraxonim
«Dilxiroj» raqsini ijro etgan. QoMlari hasratli tebranib, ko‘zlarida
azaliy chuqur qayg‘u aks etgan bu raqsdan keyin, sho‘x «Usmoniya»
marshiga raqsga tushib ketadi. Bundan Mukarrama qattiq ta’sirlanib
san’atkor boMishga qat’iy ahd qilib, diliga tugib qo‘yadi. 1929-yili
Toshmat Qodirov rahbarligidagi to‘garakni Samarqand va Toshkentga
«gostrol»ga taklif qilishdi. Gostrolga ketish oldidan «Samarqandga
borganda teatrda qolaman», deb o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi va
maqsadiga yetadi. Samarqandga yetib kelib teatrda aktrisa boMib
«yangicha hayot» boshlaydi. Nurxon, To‘faxon va Tursunoylaming
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
bosqinchilar tomonidan o‘ldirilib ketilgani bir
tomondan yuragiga havotir solsa, bir tomondan
| L *
.
teatrda aktrisalik qilgani, qo‘shiq va raqs ijro
etishi unga dadillik bahsh etar edi. 1929-1933-
yillarda Birinchi 0 ‘zbek davlat musiqali teatr
studiyasining aktrisasi va o‘quvchisi bo‘lgan.
0 ‘zbek raqsidan Usta Olim Komilov, Tama-
raxonimlardan, klassik raqs bo‘yicha K.Bek,
YE.Obuxova, A.Tomskiy, LArbatovlardan, vo-
kal bo‘yicha Sayanov, aktyorlik bo‘yicha M.Muhamedov va S.Eshon-
to‘rayevalardan saboq olgan. Ilk rollarida Holjon xola, Fazilatning
onasi, Yosuman, Yalmog‘iz bonu kabi kampirlar obrazini, keyinchalik
Osiyo, Zebo, Anorxon, Asalxon, Paxtaoy, Dilbar, Manija, Oqbilak
kabi ko‘plab yosh qizlaming obrazlarini yaratadi.
Shu bilan birga Usta Olim Komilov va Tamaraxonim
sahna-
lashtirgan «Zang», «Buxorocha», «Iroq ufori», «Eroncha», «Layli va
Majnun» kabi ommaviy raqslarda,
«Duchava», «Katta o‘yin»,
«Usmoniya», «Sadr», «Qari navo», «Ufori soxta», «Dilxiroj» kabi
yakka raqslami ijro etadi.
1933-yildan boshlab Respublika 1-balet maktabida o‘qituvchi
bo‘lib ish boshlaydi. Dars berish jarayonida ustozi Usta Olim Komilov
bilan birga farg‘ona raqs usullariga oid harakatlar va doira usullaridan
foydalanib «Doira darsi va raqs» qo‘llanmasini yaratdi. Hozirgi
kungacha shu qo‘llanma asosida o‘zbek raqs fanini o‘qitishda
foydalanilib kelinmoqda.
1933-1957-yillarda o‘zi ham «Nog‘ora», «Uyg‘urcha», «Muno-
jat», «Tanovar», «Abduraxmon-begi», «Andijon polkasi», «Terimchi
qiz», «Rohat», «Raqqosa», «Gulmh», «Pomircha», «G‘ayratli qiz»,
«Sho‘x qiz» kabi yakka raqslar va «Ulug‘ kanal», «Tinchlik uchun»,
«Shodiyona», «Muhayyir», «Paxta» 3 qismli syuita, «Pilla», «Tinch-
lik kaptari», «Sharflar bilan raqs» kabi ommaviy raqslar sahnalashtira
boshlaydi.
1957-yilda Moskvada boiib o‘tadigan IV Jahon demokratik
yoshlar va studentlar festivalida qatnashish uchun qizlar raqs
ansamblini tashkil etadi. Ularga «Ufori sanam» va «Paxta» ommaviy
raqslarini qo‘yadi. Ansamblga bastakor M.Mirzayev «Bahor valsi»
kuyini bastalaydi va qizlar ansambliga «Bahor» deb nom beriladi.
1957-yildan umrining ohirigacha (1978-yilgacha) M.Turg‘unboyeva
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
ansamblning badiiy rahbari bo‘lib ish-
laydi. Shu yillar davomida 600 ga yaqin
milliy va jahon xalqlari raqslarini sah-
nalashtiradi. 40 nafar raqqosa qizlari
bilan 0 ‘zbekistonning barcha viloyatla-
rida, chekka qishloqlarida o‘z konsert
dasturlarini namoyish etib el mehrini
qozonadilar. Qardosh davlatlaming Mosk-
va, Leningrad, Lugansk, Krasnodon, Murmansk, Arxangelsk, Kiyev,
Zakarpatye, Sochi, Suxumi, Tbilisi, Yerevan kabi shaharlariga qilgan
safarlarida tomoshabinlami o‘zbek raqsi bilan tanitadi. Dunyoning
juda ko‘plab davlatlarida gostrol safarlarida boiadi. Hindiston, Xitoy,
Eron, Singapur, Pokiston, Malayziya, Avstriya, Afg‘oniston, Veng-
riya, Mongoliya, Germaniya, Albaniya, Italiya, Kambodja, Tailand,
Sudan, Misr, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash, Polsha, Chexos-
lovakiya, Bolgariya, Shvetsiya, Laos, Angola, Finlyandiya, Malta
kabi shaharlari shular jumlasidandir.
Mukarrama Turg‘unboyevaning qilgan sharafli mehnati bejiz va
beiz ketmadi. «Xalq artisti» unvoni, «Shavkatli mehnati uchun»
medali, «Hurmat belgisi» ordeni, davlatning ko’plab orden va
medallari bilan taqdirlandi. Uning yorug* hotirasi uchun har yili 31-
may kuni «Yil raqqosasi» Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Mukarrama Turg‘unboyeva o‘zbek san’ati tarixida uning rivojiga
ulkan hissasini qo‘shgan buyuk san’atkor sanaladi. Dramatik aktrisa
sifatida milliy teatming poydevorini qurganlar qatorida,
hamda
o‘zbek raqs san’atini butun jahonga tanitgan, o‘zbek raqs maktabi
asoschisi sifatida ardoqlanadi.