Muqimiy haqida

Muqimiy haqida

Muqimiy


Tavallud topgan sana:
1850 yil


Vafot etgan sana:
25 may 1903 yil


Tug'ilgan joy:Qo‘qon


Yo'nalishlar: Shoirlar



Tarjimai hol


Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy — o‘zbek yozuvchisi, shoir, satirachi. O‘zbek realizmi asoschilaridan biri. Shoirning “Muqimiy” taxallusi — “doimiylik” ma’nosini anglatadi.



Muqimiy nomi orqali tanilgan Muhammad Aminxo‘ja 1850 yil (aniq tug‘ilgan sanasi hanuz o‘rnatilmagan) Qo‘qonda, nasliy novvoylar - Mirzaxo‘ja oilasida tavallud topgan. Oilada besh nafar farzand bo‘lishib, Muqimiy yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan. Muqimiyning onasi Oyshabibi ajoyib ta’limga ega, og‘zaki ijodni juda yaxshi bilgan iqtidorli shoira bo‘lgan. Aynan shu ayol tufayli Muqimiyda shoirona iqtidor rivojlanadi, ayol o‘g‘lini Alisher Navoiy, Hofiz Jomiy kabi ijodkorlar qiyofasida sharq mumtoz adabiyoti bilan tanishtiradi va umrining oxiriga qadar ularga bo‘lgan muhabbati saqlanib qoladi. O‘zining birinchi she’rini o‘n yoshida yozadi.



1865 yil Muqimiyga ma’nan ko‘mak berib turuvchi onasi vafot etadi. Natijada, Muqimiyning she’rlarida erta hayotdan ko‘z yumgan onasiga nisbatan motam soyasi seziladi.



1872 yil Qo‘qon madrasasini tamomlab, Muqimiy Buxoroga ketadi va mashhur Muxtor oyim madrasasida ta’lim oladi. Madrasada u fors tilini mukammal egallaydi, she’r tuzish uslublarini o‘rganadi, turli fanlarda o‘z bilimini kengaytiradi. Madarasadagi ta’limi uning ma’naviy rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Aynan o‘sha yerda u ko‘p yozgan, uning she’rlarida buyuk shoirlarga taqlidi yaxshigina seziladi, ammo taqlid oynagi ortida shoirning g‘ayritabiiy, o‘ziga xos tovushi eshitiladi.



Shuhratga to‘la rejalari ila, Muqimiy 1876 yil o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga qaytadi. Qo‘qonlik aslzodalar doirasida uni ehtiyotkorona kutib olishgan, qabul qilishmagan. Shoirning o‘zi yozishicha, “Aynan yoqimsiz Qo'qon aslzodalari, meni nuqtai nazarlarimni ko'rib chiqishga va o’zimdagi yangi axloqiy va adabiy qarashlarni rivojlantirishga imkon berdi. Hafsalamning pir bo’lishi menga katta yordam berdi”. 1870 yilning ikkinchi yarmida Muqimiyning hajviy yo‘lanishdagi ajoyib she’ri paydo bo‘lib, u orqadi shoirda o‘z-o‘zini anglash mafkurasi naqadar o‘sganligini sezish mumkin.



1880 yil boshlarida Muqimiy bir nechta maslakdoshlari bilan she’riyatga yangicha yondashuv ila ajralib turuvchi Yosh shoirlar to‘garagini yaratishadi. Unga yangi o‘zbek realizmiga ibtido bo‘lgan Furqat, Zavqiy, Komil, Nisbat va Muxairlar kirgan. Lekin o‘sha vaqtdan e’tiboran, yosh shoirlar va eski she’riyat namoyondalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Adabiy bahslar o‘tkir g‘oyaviy g‘avg‘olarga o‘tib ketadi, so‘ngra, o‘za davrbning ko‘plab shoirlari siyosiy ta’qiblarga uchraydi.



Otasining o‘limidan so‘ng Muqimiyning qaramog‘ida qolgan oilasiga yordam berish uchun Toshkentga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Shoirning Toshkentdagi qisqa muddati u uchun foydali, barakali tus olib, uning dunyoqarashi kegayishiga, qat’iyat va muahoratining mukammallashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Yangiliklarga, jasurligi va asarlarining o‘zi xosligi qaramay, ularni hech kim chop etmaydi va Muqimiyning yashash uchun hech qanday vositasi qolmaydi. Shu sababli, u otasining uyini sotib, madrasadagi kichik keleda o‘g‘li Akbarxo‘ja bilan yashashga majbur bo‘ladi. Aynan o‘sha yerda, madrasadagi keleda u shoir ismini abadiylashtirgan ajoyib asarlarini yaratadi.



Muqimiy juda odmi hayot kechirgan, hayotining so‘nggi yillari kitoblardagi xatolarni to‘g‘irlash va ularni ko‘chirish bilan o‘tgan. 1903 yilning 25 may kuni ellik uch yoshida vafot etgan.



Shoir tomonidan turli janrdagi 100 dan ziyod she’rlar yaratilgan.



Muqimiy, shuningdek, 30 ga yaqin hajviy asarlar yaratgan. Ulardan eng mashhurlari: “Ot haqida”, “Loy haqida”, “Arava haqida”. Satira kabi, Muqimiyning hajviy qarashlari ulkan ijtimoiy va badiiy qadrga ega bo‘lgan. Muqimiy “Yuragida haqqoniy inson meni tushunadi” deb yozgan.



Muqimiy nomi bilan O‘zbekiston ko‘chalari, O‘zbekiston davlat musiqali teatri, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va boshqalar nomlangan.