Og‘iz hidlanishiga nima sabab bo‘ladi?

❓Og‘iz hidlanishiga nima sabab bo‘ladi?


✍️ Shifokor Mirafzal Irxanov:


🔷 Og‘izdan noxush hid kelishi galitoz deyiladi. U quyidagi holatlarda yuzaga keladi:


🔻ovqat qoldiqlari tishlar, milklar, milk chetlari va tilda yashovchi bakteriyalar ta’sirida chirib, yoqimsiz hid chiqarishi;

🔻tish toshlarining juda ko‘pligi, tish protezining unchalik toza bo‘lmasligi;

🔻 ba’zi dorilarning salbiy ta’siri;

🔻piyoz, sarimsoqpiyoz yoki boshqa kuchli hidga ega ozuqalar iste’mol qilish;

🔻 tamaki chekish va kofe ichish ham noxush hid va og‘iz qurishiga olib keladi.


✅ Agar og‘zingizdan bot-bot noxush hid kelayotgan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.