Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi?

Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi?


❓Ba’zan onalar savol berishadi. Doctor bolamni burni bitib qolyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? Yoki. Bolamni qulog‘i og‘riyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi?


❗️Qadrli onalar! Yaxshilab eslab qoling. Bolaning ko‘ziga, burniga yoki qulog‘iga ona sutini tomizish mumkin emas!


Chunki sut labaratoriyada bakteriyalar boqishda ishlatiladigan asosiy ozuqa muhitlaridan biri hisoblanadi. Siz sut tomizib, mikroblarni yo‘q qila olmaysiz, balki ularni ideal ozuqa bilan boqasiz xolos.


📌Shuning uchun har bir muolajani vrach Pediatr bilan maslahatlashib qilish maqsadga muofiqdir.


👶Bolangizni asrang!


© Doctor Muxtorov