Kuniga necha marta ovqatlanish kerak?

❓Kuniga necha marta ovqatlanish kerak?


3 mahal ovqatlanish. )Nonushta ertalab soat 7-8, tushlik 13-14 soat, kechki ovqat 19-20 soat. Ushbu parhez bizga bolalikdan tanish bo‘lgan, ammo bunday ovqatlanish tartibi biologik zarurat emas.


📌Agar siz:


🔸8:00 dan 17:00 gacha ishlasangiz va ovqatlanish oralig‘ida nimadir yeyishga imkoningiz bo‘lmasa;

🔸ovqat tayyorlash uchun qo‘shimcha vaqt sarflashni xohlamasangiz;

🔸ortiqcha vazn va ovqat hazm qilish muammolariga duch kelmagan bo‘lsangiz;

🔸kunning yarmida ochlikni sezmasangiz, 3 mahal ovqatlanishingiz mumkin.


Tez-tez ovqatlanish. Tez-tez ovqatlanadigan odamlarda xolesterin, past zichlikdagi lipoprotein va apolipoprotein V miqdori pastligi aniqlandi. Bundan tashqari, ularning qondagi glyukoza darajasi va siydikda C-peptid miqdori kamayganligi aniqlandi. (https://www.researchgate.net/publication/20480946_Nibbling_versus_Gorging_Metabolic_Advantages_of_Increased_Meal_Frequency)Olti marta ovqatlanish qonda insulin darajasini pasaytirishi tasdiqlangan (https://www.researchgate.net/signup.SignUp.html).


📌Agar siz:


🔸 ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz va undan xalos bo‘lish yo‘llarini izlayotgan bo‘lsangiz;

🔸kunduzi tez-tez och qolib, kechqurun ortiqcha ovqatlansangiz;

🔸 xolesterin va insulin miqdorini tushirishni istasangiz, tez-tez ovqatlanish tartibiga rioya qilishingiz lozim.