XOTIRANI YAXSHILASH UCHUN TABIIY MAHSULOTLAR

XOTIRANI YAXSHILASH UCHUN TABIIY MAHSULOTLAR

Xotirani mustahkamlash sirlari bilan tanish bo‘lganlar uchun quyidagi mahsulotlar begona emas:


🧠 Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, polito‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyaning qon ta’minotini yaxshilaydi.


🧠 Karam. Miya faoliyatini me’yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.


🧠 Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stresslardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.


🧠 Yong‘oq — xotirani yaxshilovchi mahsulotlar orasida yana bir foydali mahsulot bo‘lib, u dofaminga boy hisoblanadi va fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq — bir sutkalik meyor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishini oldini oladi.


🧠 Sarimsoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani mustahkamlash uchun, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga to‘sqinlik qilish uchun ham foydalidir.


🧠 Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli mahsulotlar va non tarkibida ko‘p bo‘ladi.


🧠 Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta’sir qiladi. Baliq, dengiz karami va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud bo‘ladi.


🧠 Bor. Agar u yetishmasa, miya faoliyati sekinlashadu. Shuning uchun xotira pasayganda olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste’mol qilib yuring.


🧠 Magniy. Asab impulslarini o‘tkazishga javobgar modda hisoblanadi. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi.


🧠 Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, jigar, quruq mevalar tarkibida mavjud.


🧠 Vitamin C. Na’matak, qora qarag‘at, chetan, chakanda, sitruslar, qizil qalampir, yerqalampir, petrushka, piyoz, shivit va karam tarkibida mavjud.


🧠 B guruh vitaminlari. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliqlar tarkibida ko‘p mavjud bo‘ladi.