TESS fazoviy teleskopi yaqinda yuzaga kelgan nosozlikdan soʻng xavfsiz rejimdan chiqdi. Bu nosozlik barcha ilmiy kuzatishlarni toʻxtatib qoʻygan edi. NASA veb-saytiga koʻra, hozirda observatoriya Yer bilan maʼlumotlar almashmoqda va ilmiy tadqiqotlarni qayta boshlagan.
TESS (Transiting Exoplanet Survey) teleskopi toʻrt yildan beri Yer orbitasida ishlab keladi. Observatoriyaning maqsadi toʻrtta teleskop yordamida Quyoshga yaqin yorqin yulduzlar atrofidagi ekzosayyoralarning ayrim xususiyatlarini izlash va aniqlashdan iborat. Ular sayyoralarning diski boʻylab oʻtishi (tranzitlar) natijasida hosil boʻladigan yulduz yorqinligidagi kichik davriy qulashlarni belgilab oladi. Koinotdagi faoliyati davomida observatoriya butun fazoning 85 foizini kuzatdi va ekzosayyoralarga 5000 dan ortiq nomzodlarni qidirib topdi.
2022-yil 10-oktabrda teleskop nomaʼlum sababga koʻra xavfsiz rejimga oʻtdi va bu barcha ilmiy kuzatishlarning toʻxtashiga sabab boʻldi. Telemetriya maʼlumotlarining dastlabki tahlili shuni koʻrsatdiki, TESS bort kompyuterini qayta ishga tushirgan va hali Yerga uzatilmagan ilmiy maʼlumotlarga zarar yetmagan.
Natijada 13-oktabr kuni muhandislar observatoriyani xavfsiz rejimdan chiqarib, Yerga maʼlumotlar uzatishni va ilmiy dastur ustida ishlashni davom ettira boshladi. Nosozlik sabablari hozircha oʻrganilmoqda.
TESS faqatgina ekzosayyoralarni qidirmaydi. U avvalroq ikkita pakana va ekzosayyoradan iborat tizimni topdi, jigarrang pakana hududlarini xaritalashda yordam berdi va Oort bulutidagi ulkan kometa xususiyatlarini aniqladi.
Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Телескоп TESS вышел из безопасного режима: Причина сбоя еще не определена” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: NASA