Inson miyasi hayot davomida oʻzgarib turadi, ammo maʼlum vaqtga kelib u hajmda oʻsishdan toʻxtaydi va uning keyingi rivojlanishi neyronlararo aloqalar — sinapslar sonining kamayishi tufayli sodir boʻladi deb hisoblanadi. Darhaqiqat, bu ham rivojlanish — agar bu jarayon roʻy bermaganda edi, miyamiz qoʻshimcha ulanishlar va neyron zanjirlar bilan toʻlib-toshib ketardi va oʻz ishini yaxshi bajarolmay qolardi.
Maʼlumki, faol aqliy mehnat va taffakkur bilan mashgʻul boʻlgan kishida miya faoliyati yaxshi darajada boʻladi, hatto u odam qari boʻlsa ham. Tarixda xuddi shu fikrni isbotlaganlar juda koʻp boʻlgan. Masalan:
— Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy umrining oxiriga qadar (60 yoshgacha) ijod bilan shugʻullangan.
— Suqrot 70 yoshida turli musiqa asboblarini chalishni oʻrgangan va tez orada bu ishning ustasiga aylangan.
— Gyote 80 yoshida dunyoga mashhur “Faust” asarini yozib tugallagan.
— Mikelanjelo eng zoʻr asarlarini 80 yoshida chizgan.
— Qadimgi Rim senatori Mark Katon yunon tilini 80 yoshida oʻrgangan.
— Olmon tarixchisi Leopold Ranke “Jahon tarixi” asarini 91 yoshida yozib tugatgan.
— Isaak Nyuton 85 yoshida ham qizgʻin ilmiy mehnat bilan band boʻlgan.
— 83 yoshli Lev Tolstoy oʻrimda yosh oʻroqchilarni ham ortda qoldirgan. “Urush va tinchlik” asarining moʻysafid muallifi bu ulugʻ yoshda konki uchib, velosiped mingan, ot ustida bir oyoqlab qirq martadan oshiqroq oʻtirib-tura olgan.
— Taniqli rus bastakori Igor Stravinskiy 88 yoshigacha musiqa bastalagan.
— Shoir Beranje – 77, Lev Tolstoy – 82, Viktor Gyugo – 83, Safokl – 90, Bernard Shou – 94 yoshigacha ijod qilgan.
Yuqoridagi maʼlumotlar nimadan dalolat? “Qarilik” degan kasallik yoʻq. Ruhiyatdagi yanglish koʻnikmalar bor xolos. “Eshitayotgan narsalaringizga umuman ishonmang, hatto u oʻz aqlingizdan kechayotgan boʻlsa ham”, deb maslahat beradi taniqli ruhshunos Deniyel Amen.
Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola bu yerda → Hech qachon kech emas.
Muqova surat: freepik.com.