Olimlar ilk marotaba ko‘k kitning yuragi sekin urishini qayd etishdi

Dunyodagi eng katta yurak 180 kilogrammlik qon oʻtkazuvchi yurak boʻlib, bir daqiqada 13 martagacha uradi. Bu olimlarning koʻk kit yurak urishi aks ettirilgan birinchi yozuvlarga asoslangan fikridir. Tadqiqot jamoasi Kaliforniya shtatidagi Monterey koʻrfazi atrofida kitning suzish va shoʻngʻish paytidagi yurak urishini kuzatish uchun biriktirilgan assimilatsiya soʻrgʻich asboblari yordamida uning yurak ritmlarini qayd etishga muvaffaq boʻlishdi.


Bu yovvoyi kit yurak urishining birinchi marta yozib olinishi boʻlgan va u eng ulkan kit edi: koʻk kitlar yer yuzidagi eng katta hayvonlardir. Ushbu yozuvlar sutemizuvchilardagi yurak hajmining biologik chegarasini koʻrsatib berishi mumkin. Tadqiqotchilar oʻz yozuvlariga asoslanib, koʻk kitlarning yuragi oʻzlariga mos tarzda katta boʻlishi mumkin degan fikrga kelishdi.


Shuningdek, yurak ritmi yozuvi biologlarga kitlarning oziqlanish uchun qanchalik chuqur masofaga shoʻngʻishini koʻrsatib berdi, mualliflar olingan natijalar haqida Milliy fanlar akademiyasi jurnalida chop etilgan maqolada xabar berishdi.


Shoʻngʻishga yordam

Biologlar koʻk kitlar yer yuzidagi eng katta mavjudotlar ekanligini bilishadi, lekin nima uchun aynan ular eng katta mavjudot ekanligini emas. Shuningdek, muhokamaga sabab boʻladigan yana bir savol ham bor: yurak-qon tomir tizimi 200 tonnadan ogʻirroq boʻlgan bunday hayvonlarni yetarlicha qon bilan taʼminlay oladimi?


Tadqiqotchilar uchun boshqa bir savol kitlarning ovqatlanish odatlariga aloqadordir. Moviy kitlar dengiz sathidan bir necha yuz fut (foot) pastga shoʻngʻiydi. U yerda ular krill deb ataladigan mayda qisqichbaqalarni ogʻizlarida ushlash uchun katta miqdorda suv yutishadi. Ushbu jarayonda juda koʻp kuch sarflanadi. Tadqiqot guruhi yurakning bu stressni qanday yengishi bilan ham qiziqdi.


Shunday qilib, Kaliforniya va Vashingtondagi biologlar hamda okeanograflar 15 yoshli koʻk kitning yurak urishini koʻpchilik odamlar shifokor qabulidaligida koʻrgan asbob yordamida tekshirishga muvaffaq boʻldilar. Elektrokardiogram yoki EKG deb nomlangan bu asbob yurak faoliyatini oʻlchash uchun teriga biriktirilgan elektrodlardan foydalanadi. Jamoa yovvoyi kitga yetarlicha yaqinlashishi bilan, biologlar asbobni kitning suzgich qismiga yopishtirib qoʻyishgan edi.


Katta yurak

Tadqiqotchilar boshqa sutemizuvchilarning hajmi, vazni va yurak urishi tezligiga asoslanib, bu katta erkak kitning yuragi bir daqiqada 15 martagacha uradi, deb taxmin qilishgan edi. Odatda, bu ular oʻtkazgan tajribalarning asosiy mavzusi boʻlgan. Ammo moviy kit bu taxminlarni ortda qoldirdi. Chuqur shoʻngʻish yurakni daqiqasiga oʻrtacha toʻrtdan sakkizgacha va eng kamida bir daqiqada ikki martagacha sekinlashtirgan. Shundan soʻng suv yuzasiga chiqish yurak urish tezligini daqiqasiga 30–37 martaga oshirgan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu ikki favqulodda natija koʻk kitning yuragi holdan toyishi mumkinligini anglatadi. Katta organizmlarda har doim ham katta energiya talablariga javob beradigan yurak boʻlmasligi mumkin ekan.


Koʻk kitning pulsi suv tubida ekanligida qanday sekinlashi, ovqatlanishi va suv yuzasida qanday tezlashishi haqidagi rasm. Aleks Bursma surati

Oʻzgaruvchan ritmlar, shuningdek, shoʻngʻish jarayonida koʻk kitning yuragi stress bilan qanday kurashishi haqida ham maʼlumot berishi mumkin. Mualliflarning taʼkidlashicha, kit yuragining suv tubida sekin urishi qonning yurakdan chiqib tananing qolgan qismiga tarqalishi uchun javobgar boʻlgan asosiy arteriya ekstremalning kengayishiga va shu tariqa bosimga bardosh berishiga yordam beradi.


Yurak bu kabi shoʻngʻish jarayonida tez urmagani uchun qoʻshimcha kislorod yetkazib bera olmaydi, ammo jamoa hali ham koʻk kitlar zaxirani toʻldirish uchun energiya yoki kislorodni qayerdan olishini bilmaydi.


Ushbu jamoa olib borgan izlanishlar koʻk kitlar va boshqa suv hayvonlarining shoʻngʻish odatlari boʻyicha kelajakdagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Masalan, sperma kitlar va kamon kitlari undan ham uzoqroqqa shoʻngʻiy oladi. Birinchi yozib olingan yozuv bilan biz masalaning mohiyatini endi tushuna boshladik.


Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Olimlar ilk marotaba koʻk kitning yuragi sekin urishini qayd etishdi.