Olimlar qarishning oldini oluvchi dori vositasini yaratishdi

Jonivorlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, ushbu dori sogʻlom mavjudot hujayrasidagi qarish jarayonini sekinlashtiradi.


Solk biologik tadqiqotlar instituti olimlari Alsgeymer kasalligini davolashga mo‘ljallangan CMS121 va J147 deb nomlanuvchi eksperimental dori vositalari qarish jarayonini sekinlashtirishda samara berishi mumkinligini isbotladilar. Sichqonlar bilan o‘tkazilgan avvalgi tajribalarda dorilarning xotiraga hamda miya hujayralarining buzilishiga ijobiy taʼsiri kuzatilgan edi. Hozirda esa olimlar dorining “qarishga qarshi” xususiyatlarini ham aniqladilar.


Kuzatishlarga koʻra, har ikki dori vositasi sogʻlom sichqonlarda odatda yosh oʻtishi bilan sodir boʻladigan miya hujayralarining zararlanishini toʻxtatib, qarish jarayonini sekinlashtirgan.


Bu xususiyatlar olimlar CMS121 va J147 ning kemiruvchilar organizmiga taʼsiri mexanizmi ustida izlanish olib borayotganlarida aniqlangan.


Ma’lum bo‘lishicha, dorilar uzoq umr ko‘rish va qarish bilan bog‘liq bo‘lgan molekulyar yo‘llarni mo‘ljalga olishadi. Yangi tajribalarda dori vositalari qari odamning yoshiga teng boʻlgan to‘qqiz oylik sichqonlarda sinab ko‘rildi. Tajriba to‘rt oy davom etdi, shundan so‘ng jamoa jonzotlarning xotirasi va xatti-harakatlarini, shuningdek, miyadagi genetik va molekulyar biomarkerlarni baholadilar.


Nazorat guruhidagi kemiruvchilar bilan solishtirganda ularning hujayraviy va molekulyar darajadagi holati xotira testlari natijasi kabi yaxshilandi.


Nisbatan chuqurroq tajribalar shuni koʻrsatdiki, har ikki preparat ham mitoxondriyaga ijobiy ta’sir etadi, ya’ni miya hujayralari yosh oʻtishi bilan sodir boʻluvchi molekulyar oʻzgarishlardan himoyalanadi.


Izlanishlar mualliflaridan biri Pamela Maxerning ta’kidlashicha: “Odamda mitoxondriya funksiyasining buzilishi qarish jarayoni va Alsgeymer kasalligi bilan ifodalanadi va bu insonlarga oʻzaro oʻxshash bogʻliqlikni tahmin qilish imkonini beradi”.


Izlanishlarning keyingi bosqichlarida jamoa CMS121 va J147 ning boshqa organlarning qarish jarayoniga taʼsirini aniqlashni maqsad qilgan.


Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Olimlar qarishning oldini oluvchi dori vositasini yaratishdi.