QULUPNAY ZARARLARI
Qulupnay – kuchli allergen hisoblanadi. Bolalarga, emizikli onalarga ayniqsa allergiyasi borlarga ehtiyot bilan isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Tarkibida kislotalarni koʻpligi sababli gastrit, oshqozon va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalliklarida, sistitda, podagra kasalliklarida isteʼmolini cheklash kerak.
Qulupnayni qanday tanlash va saqlash kerak?
Qulupnayni spetsifik hidi saqlangan boʻlishi, choʻpagi yaʼni “dumchasi” qurib qolmagan boʻlsa bu yangi uzilganligini bildiradi. Sovutgichda 3 kundan ortiq saqlamaslik tavsiya qilinadi. Isteʼmol qilishdan avval yaxshilab yuvib keyin isteʼmol qiling.
@taomlanish_ilmi