Milliy oʻyin koʻpkariga qoʻyilgan eng qimmat sovgʻalar

Milliy oʻyin koʻpkariga qoʻyilgan eng qimmat sovgʻalar


Yaqinda Oʻzbekistonda eng qimmat ot $83 mingga sotilganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Frenkel ismli ot bugungi kunga qadar tarixda eng qimmat ot boʻlib uning narxi $200 mlnga baholangan ekan (https://uz.unistica.com/dunyoning-eng-qimmat-15-ta-otlari/).


Yurtimizda qimmat otlar asosan koʻpkarida «chopish» uchun foydalaniladi. Milliy oʻyin odatda noyabr oyidan boshlanib, bahor fasliga qadar, salqin obu-havo sharoitida boʻladi.


Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, yurtimizda koʻpkariga qoʻyilgan eng qimmat sovgʻa Malibu-2 avtomoshinasi ekan.


Har yili yurtimizda «Koʻpkari boʻyicha xalqaro turnir» oʻtkazilishi odatga aylangan. Shunday turnirlardan birida sovrinlar orasida 14 bosh tuya, 24 bosh ot, 25 bosh qoramol, 15 ta televizor, 13 ta muzlatgich, 14 ta kir yuvish mashinasi, 47 ta gilam, 8 ta sport kiyimlari to’plami, 10 bosh echki, 75 mln so’m sovrin va Chevrolet Lacetti avtomobili qoʻyilgan edi. (https://kun.uz/ru/news/2019/03/18/v-samarkande-sostoyalis-mejdunarodnyye-sorevnovaniya-po-kupkari-kozlodraniyu-fotoreportaj)