⚡️Zilzilalar ofatining narxi qancha?
Turkiyadagi zilzilalar natijasida turar-joy binolari va infratuzilma ob’ektlari vayron bo’ldi. Port va yirik kompaniyalar faoliyatini to’xtatdi.
Mahalliy agentliklar faqat Turkiyadagi zarar miqdori $15 mlrdga yetishini taxmin qilishmoqda. Eng achinarlisi 21 mingga yaqin inson vafot etdi va bu so’ngi raqamlar emas.
So’ngi yillardagi «qimmat» zilzilalar:
— Yaponiya (2011):
Yaponiya tarixidagi 9 balli eng kuchli zilzila Tokiodan 370 km shimoli-sharqda sodir bo’lgan. Zarar $198-309 mlrd, o’lganlar 20 000 kishi;
— Xitoy (2008):
Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi zilzilada zarar $153 mlrd, o’lim va bedarak yo’qolganlar 87,5 ming kishi.
— Chili (2010):
Concepción shahridan 115 km shimolda sodir bo’lgan zilzilada zarar $15 mlrd, o’lim 800.
— Gaiti (2010):
Gaiti infratuzilmasiga katta zarar yetkazildi. Prezident saroyi, parlament va hukumat binolari vayron bo’lgan. Zarar qiymati $14 mlrd, 300 minggacha inson vafot etdi;