Bezatilgan sahna to’riga Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari, hadislardan namunalar va turli odob-axloqqa doir maqollar osilgan.
O’qituvchi: — Sizlarga savolim bor.
Bolalar: — Javob uchun biz tayyor.
O’qituvchi: — Maktab degan qutlug’ makonda odob yuzasidan
nimalarni o`rgandingiz?
Bolalarning biri:
Bor edi to’rt og’ayni, Yetilgan payti ayni, Bular to`rt so’z, ibora.
O’qituvchi:
Ayting nedan iborat?
Bolalarning biri:
Yaxshilarning dilidan, Chiqar shirin tilidan.
Ikklnchisi:
Birin nomi — «Ко’р rahmat», Ikkinchisi — «Marhamat». Uchinchisi — «Assalom», Sizga hurmat — ehtirom.
Bolalar (jo’rlkda):
Ochilganday dil quifing, To’rtinchisi: —«Sog’ bo`ling!»
O’qituvchi:
Abbos qizi Gulnoza,
O’quvchi:
Labbay ustoz, qulog`im sizda.
O’qituvchi:
Sizga bir savolim bor.
O’quvchi:
Ayting ustoz, men tayyor.
O’qituvchi:
— Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?
O’quvchi qiz:
Oftob yaxshimi, odob yaxshimi?
Oftob berar nur, odob-chi huzur. .
Dalalar uchun oftob yaxshidur,
Bolalar uchun odob yaxshidur,
Oftob bolmasa qorong’i tushar,
Odob bo’lmasa g’am-qayg’u tushar.
Oftob ko`rinar tog`-tepalikda,
Odob ko`rimar salom-alikda.
Olamning doim oftobi bo’lsin,
Odamning doim odobi bolsin.
O’qituvchi: — Barakalla, qizim. (O’quvchilarga qarata) Endibolajonlar, odob haqida maqollar ham aytaylik-chi?
1-o’quvchi: — Osmon — oftobi bilan,Odam — odobi bilan go’zal.
2-o’quvchi:
— Aql — voshdan, odob — boshdan.
3-o’quvchi:
— Odobli bola — elda aziz.
O’qituvchi: — Ota-bobolarimiz azaldan yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelganlar. Chunki ilmu hikmat kishida go’zal xulqni, insoniy fazilatlarni tarkib toptiradi.
Bolalarim! Ota-onangizni hurmat qiling, ularning nasihatlarini tinglang, so’zlaridan chiqmang, ularga itoat qiling, buyurgan ishlarini bajaring. Ota-onani hurmat qilmaganlar, nasihatlarini quloqqa ilmaganlar xor bo’ladi. Ota-onalar o’z bolalarining foydasi, nurli kelajagi uchun so’zlaydilar. Shuning uchun ota-onangizni hech qachon ranjitmang, ularning izmidan chiqmang.
O’quvchi qiz she’r o’qiydi:
Onajonim sozi yaxshi,
Onajonim o`zi yaxshi.
O’rgilamiz sozlaridan,
OYgilamiz ozlaridan.
Beqiyos mehr tutgan,
Vaqtimiz xushlab turgan.
Onalarning sozidir,
Onalarning ozidir.
Kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
Оg`r to’rxalta ko’tarib kelayotgan ayol. Orqada ikki bola va bir chol kelmoqda. Shu choq to’rxaltadan bir kartoshka dumalab yerga tushadi.
— Xola, kartoshkangiz tushdi, — deya birinchi bola to’xtamay o’tib ketaverdi. Ikkinchi bola esa hech narsa demasdan yerdagi kartoshkani olib to’rxaltaga soldi va ayolning qo’lidan yukini oldi. Orqadan yetib kelgan chol ikkinchi bolaga deydi:
— Baraka top, bolam.
Shunda birinchi bola to’xtab cholga so’z qotadi:
— Bobo, nega menga hech narsa demadingiz? Axir men birinchi bo`lib xolamga xaltadagi kartoshkangiz tushdi, deb aytdim.
Choi bolaning yelkasiga qoqib debdi: — Bilasanmi, o’zidan kattalarga yordam ko`rsatish eng yaxshi fazilat hisoblanadi. Sen ham bu o`rinda o`rtog`ing kabi andak e`tiborliroq bo’lganingda bag’oyat yaxshi bo’lardi.
O’qituvchi: — Mana, bolajonlar, endi ushbu holdan xulosa chiqaraylik.
Bobo nima uchun ikkinchi bolaga tahsin aytdi? Umuman olganda, qaysi bola odob doirasida ish tutdi?
(Bolalar o’z fikrlarini bildirishadi. Ular odobli bolaga ta’rif beradilar).
— Odobli bola shirinso’z va xushfe’l bo`ladi. O’zidan kattalarni izzat qilib, kichiklarga shafqat qilishi kerak.
— Ular ota-onalariga qarshi so’zlamaslik, chaqirsalar «labbay» deb javob berishlari darkor. Buyurgan ishlarini «хо`р bo`1adi» deb, darhol bajarishlari lozim.
— Hech qachon ota-onasini ranjitmasligi kerak.
Bir kishi Luqmoni Hakimdan: «Odobni kimdan o`rgandingiz?» — deb so`rabdi. «Odobni odobsizdan o`rgandim», deb javob bergan ekanlar Luqmoni Hakim.
— Odobni odobsizdan qanday qilib o`rgandingiz? — deb so`rabdi yana o’sha kishi.
Luqmoni Hakim javob beribdilar: — Doim odamlarning qilgan ishlariga, so’zlagan so’zlariga diqqat qildim. Kimdan bir yomon so’z eshitsam, shu so’zni hech qachon so’zlamadim, kimda-kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech qachon qilmadim.
O’quvchilar hikmatli so’zlardan namunalar aytadilar.
l-o`quvchi:
— Ota rozi — Vatan rozi.
2—o‘quvchi:
—Onangga boshingni xam qil, otangga gapingni kam qil.
3-o’quvchi:
— Saxiy kishilarning taomi shifodir, baxil kishilarning taomi xastalikdir.
4- o’quvchi:
— Ustoz — otangdek ulug
5- o’quvchi:
—Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik ayb.
6- o’quvchi:
— Yaxshini yomon kunda sina.
7-o`quvchi:
— Sodiq va vafodor do’st o’z do’stini ranjitmaydi.
O’qituvchi: — Aziz o’quvchilar, mana bugun biz siz bilan odob haqida hikmatli so’zlaru rivoyatlar, ,,hadislardan namunalar tingladik. Sahna koYinishi orqali odobli, ko`rkam xulq egasi bo`lishning nechog`li afzalliklarini bilib oldik. Odobli bo`lish insoniy ziynat ekanligiga yana bir bor amin bo’ldik. Keling, aziz bolajonlar, oilada, maktabu jamoat joylarida o’z xulqu odobimiz bilan barchaga namuna bo`laylik. Ana shu ko`rkam jihatlarimiz tufayli bizga barchaning havasi kelsin. Bizni ko`rganlar: «Tarbiya bergan ota-onangga rahmat, kam bo`lmagin», deyishsin. Ota-onamiz orzu qilgan farzandlar bo`lib kamol topish barchamizga nasib etsin.
O`quvchilar qo’shiq kuylab, raqsga tushadilar, So`ngra mayin musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi.