Hayotimizning guli oftobi — ayol. 8-mart bayram senariysi

«Hayotimiz guli,oftobi — ayol»

8 — mart bayram senariysi

Zal bayramona bezatilgan. Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi

yoqimli, hazin kuy taraladi. Sahnaga 1 boshlovchi bo‘lib o‘g‘il bola va 2 boshlovchi

sifatida qiz bola ohista yurib chiqib kelishadi .

B. Yigit : Jannat onalarning poyida emish,

Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.

Munis onajonlar sochlari kumush,

Topar duosidan ming dardlar malham .

B. Qiz : Onam onajonim nuri jahonim ,

Tengi ,timsoli yo‘q, farishta onam.

Jannat isi anqir jambil , rayhonim

Chin ibrat makoni har ishda onam.

B. Yigit : Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar — muhta-

rama onajonlar! Aziz ustozlar ! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan

lobar , bog‘chamiz qizlari!

Faxmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi qish

ham dosh bera olmay, ortga chekinib, ko‘klam nafasi ufura boshladi .

B. Qiz : Ona diyorimiz uzra bahor nasmlari esib turgan kunlarda

xonadonlarimiz farishtasi, oila qo‘rg‘oni, biz farzandlarni oq yuvib,

oq taragan, yaratganning tengsiz mo‘jizasi bo‘lgan ayol zotini ulug‘lash

va yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg‘ularni ifoda etgan holda go‘zal-

lik va nafosat bayrami 8 mart- Xalqaro xotin-qizlar kunini nishon-

lash uchun yig‘ildik.

B. Yigit : Muhtarama onajonlar! Ustozlar! Opa-singillar va lobar

qizlar! Barchalaringizni go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qal-

bimizdan muborakbod etamiz.

B. Qiz : Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz

tinch, oilangiz totuv, rizqi nasibangiz ziyoda bo‘lsin .

Bola : Bahor keldi gul bilan, shohida bulbul bilan.

Onajonlar tabriklaymiz, bugungi ayom bilan.

Bola : Quyosh kulib boqqan kun, bahor tanga yoqqan kun.

8 mart bugun onajonlar bayrami .

Bola : Biri gul biri bulbul, o‘g‘il qizlar shod bugun,

Dilidan gul tutadi, mehribon ona uchun .

Bolalar “Onajon” qo‘shig‘ini aytib beradilar.

So‘ng “ Binafsha “ raqsiga tushib beradilar .

B. Yigit : Xushxabar keltirsa kim farzandidan,

Yo‘liga poyondoz to‘shaydi ayol.

Bo‘lsin u olima ,ishchi shifokor,

Dunyoda “ Bolam “ — deb yashaydi ayol !

B. Qiz : To‘g‘ri aytasiz, dunyoda bolam deb, kuyib yonmaydigan ayol

bo‘lmasa kerak . Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib

ko‘raylik, ular nima der ekanlar .

/Musiqa ostida sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizchalar yoki tarbiya-

chilar chiqib o‘zlarini tanishtirib she’r o‘qishadi./

Shifokor : Shifokorman oppoq xalatda,

Oppoq tilak bilan yashayman.

El sog‘-omon bo‘lsin albatta ,

Shunda men ham yayrab yashayman.

Shifokorman lekin avvalo ,

Farzandimga sodiq onaman.

Sochsalarda boshimdan tillo,

Bolam deyman , kuyib yonaman .

Muallima : Shogirdlarim jonu jahonim,

Hayotimning mazmun — ma’nisi.

Davrasida o‘tar har onim ,

Farzandlarim ular barisi .

Yaxshi ko‘rmay suyib qanchalar,

Muallima oddiy onaman,

Farzand shirin, aziz bunchalar,

Bolam deyman , kuyib yonaman .

Shoira : So‘z qaymog‘i suzilar betga,

Bahor misol yasharar olam.

Qog‘oz, qalam surilar chetga,

Nogahonda yig‘lasa bolam.

Dardga to‘la bag‘rim , yuragim,

Shoiraman lekin onaman.

El-yurt tinchi orzu tilagim,

Bolam deyman, kuyib yonaman .

Chevar : Qo‘llari gul mohir chevarman ,

Ish tikaman mehrimni qo‘shib.

Odamlarni dildan sevaman,

Xizmat qilay qalbimdan jo‘shib.

Ko‘zlarimda quvonch o‘t chaqnar,

Tole kulgan baxtli onaman.

Mashhur qildi elga shu hunar,

Bolam deyman , kuyib yonaman .

Tadbirkor ayol: Ishbilarmon tadbirkor ayol,

Yurt buguni, porloq ertasi.

Rejalarin demang puch xayol ,

Korxonaning rahbar bekasi .

Imkon qo‘lda qilmayman inkor,

Tadbirkorman, ayol-onaman.

Mansab, shuhrat arzimas zinhor,

Bolam deyman kuyib yonaman .

Zardo‘z : Iplarimning zari tillodan,

Bezaklarda quyosh aks etar .

Momomeros asli xudodan ,

Igna tutsam ular raqs etar.

Zardo‘stlik bu, hunar emas-san’at ,

Kasbim faxrim ammo onaman .

Mehrim ulug‘ tuganmas davlat,

Bolam deyman , kuyib yonaman .

Olima : Zaxmat chekib tunlar ko‘z ilmay ,

Jumboqlarning yetdim siriga .

Va aylandim so‘ng bilib bilmay ,

Bilim qasrin asirasiga .

Martabam zo‘r mashhur olima ,

Eng avvalo , shukur , onaman .

Tilda , dilda yolg‘iz kalima ,

Bolam deyman , kuyib yonaman .

/She’r yakunida boshlovchi yigit va qiz chiqib barcha she’r o‘qigan kasb egalari to-

mon o‘ng qo‘llarini ularga ishora holida she’r o‘qiydilar.

B. Yigit : Qay bir kasbda , qanday mansabda ,

Ishlamasin , ayol-bu ona!

Pokiza va nasli nasabda,

Farzandiga mudom parvona .

B. Qiz : Jasoratda erlardan o‘tar,

Ibo , hayo yo‘l bermas xiyol .

Dilin faqat bir sevinch o‘rtar,

Bolam deydi , dunyoda ayol .


Bolalar “ Qizalaq “ qo‘shig‘ini aytib beradilar .

So‘ng “ Do‘ppi tikdim “ raqsini ijro etib beradilar .

B.Tarbiyachi: Xalqimzda ayolni ezozlagan millatning qadri baland,

degan naql bor . Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida xotin-

qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimizning asosiy yo‘nalishlaridan

biriga aylandi. Yurtboshimiz ta’sis etgan Zulfiya nomidagi Davlat

mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo‘llab-qu-

vvatlash , rag‘batlantirish, yangi marralar sari har sohada yetuk bo‘li-

shlariga zamin yaratmoqda .Buni birgina sportchi qizlarimizning

Vatanimiz sharafini jahon miqiyosida munosib himoya qilayotganli-

gi misolida ko‘rishimiz mumkin . Bundan tashqari ularning ilm –

fan , ta’lim , sog‘liqni saqlash , ishlab chiqarish , san’t , adabiyot va

boshqa sohalarda o‘z hissalarini qo‘shayotganliklarini guvohi bo‘la-

miz.

B. Yigit : Hozir o‘g‘il bolalarimiz G‘. G‘ulomning “ Onajonimga”

nomli she’rini bayram tuhfasi sifatida aytib berishadi .

Bola : Mehri oftob bo‘lgan,

Har so‘zi kitob bo‘lgan.

Yog‘u, qaymoq, murabbo,

Oy kulcham, shirin kulcham,

Jahon onajonimsiz .

Bola : Yulduzni uzib beray,

Kunduzni tizib beray.

Vatan axir chamanku,

Kunduzimiz ham kecham ,

Osmon onajonimsiz.

Bola : Bag‘ringiz fazoga teng,

Uchushni ham o‘rgating

Vatanimday bebaho,

Siz ko‘rsating yo‘l olay,

Chaqmoq ko‘kda uchganday .

B. Qiz : Qizlarimiz ham bugungi bayramimizga shoir Rauf

Tolibning “ Oyi-Oyijon “ she’rini aytib beradilar . Marhamat

qizlar .

Bola : Oyi agar bo‘lsaydim gul,

Sevarmisiz qizingizni ?

Ochilardim yonib yal-yal,

Quvnatardim ko‘zingizni .

Bola : Oyi-oyi, bo‘lsam shamol,

Qolmasdim hech izingizdan.

Sochingizni silar edim,

O‘par edim yuzingizdan .

Bola : Oyi-chi, men quyosh bo‘lsam,

Shula sochib boshingizdan .

Termilardim tunlari ham ,

Ketmas edim qoshingizdan .

Bola : Oyi, oyi bo‘lsaydim qush,

Tong chog‘lari sayrar edim.

Vaqtingizni etdim deb xush,

Yayrar edim, yayrar edim .

Qizlar “ Gulpari “ qo‘shig‘iga raqs tushib beradilar.

B.Tarbiyachi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan,

Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan.

Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan,

Yurtning o‘chmas chirog‘i Momo Havo ayolsan .

Ona muqaddas, ona aziz va mo‘tabar siymo. Ona hayot

chashmasi . Ana shu chashmadan bolalarining chanqoqliklarini qon-

diradi. Onalar haqidagi donolar fikri, xikmatlari asrlar osha

saqlanib kelmoqda . Hozir bolalarimiz ana shu o‘zlari o‘rgangan

xikmatlardan misollar keltiradilar .

Bola : Onani bir qo‘li beshikni

Ikkinchi qo‘li dunyoni tebratadi .

Bola : Onaning dili og‘risa

Yer ham titraydi .


Bola : Ona qadri , hayot qadri .

Bola : Ona ko‘nglini olmoq,

50 marta xaj qilgandan afzal .

Bola : Ona bilan lola, gul bilan lola .

Bola : Sharaf tojini izlama,

Onaning rizoligini izla .

Bola : Dunyo tor bo‘lganda ham

Ona qorni keng .

Bola : Onaning achchiq so‘zi ,

Bolaning aql ko‘zini ochadi .

Bola : Bolaning barmog‘i og‘risa

Onaning yuragi achishadi .

O‘g‘il bolalar “ Qari navo “ kuyiga raqsga tushib beradilar .

Boshlovchi : Bolajonlar, hammamizni buvijonlarimiz bormi ?

Bolalar : Ha….

Boshlovchi : Kelinglar bo‘lmasa ularni madh etuvchi qo‘shiq va she’rlar

aytamiz .

Bola : Oq paxtaday sochingiz omon bo‘lsin boshingiz,

Ayta qoling buvijon hozir qancha yoshingiz .

Bola : So‘zlaringiz xo‘p qiziq yuzingiz nega chiziq ,

Achomlasam buvijon bag‘ringiz muncha issiq .

Bola : Dadamlarni boqqansiz oyimlarga yoqqansiz ,

Topishmog‘u ertakka buvijonim chaqqonsiz .

Bola : Buvijonim qarilar hatto yuzdan narilar,

Yo‘qlagan onlarida doim biz yonlarida .

Bola : Suv desa suv tutamiz so‘zlarini kutamiz ,

Baxtimizga sog‘ bo‘ling doimo omon bo‘lin


Bola : Sizlar uchun buvijonlar faqat, faqat sizlar uchun,

Quvnoq qo‘shiqlar aytib , sizni hursand qilamiz .

Umringiz uzoq bo‘lsin , uyimiz nurga to‘lsin .

Bolalar “ Buvim bo‘lo‘rasizmi “ qo‘shiq – raqsini ijro etib beradilar .

Co‘ng “Leylo “ raqsini ijro etib beradilar .

B. Bola : Ona ulug‘ zot. Tangri o‘zi uni mukarram qilgan. Ne bir foti-

hlar uning qarshisida tiz cho‘kmagan . Ular o‘z boyliklarini va qud-

ratini uning poyiga sochishga tayyor , turmagan deysiz .

B. Qiz : Daho va allomalarimizni , prezidentimizni , ulug‘ olim-

larimizni voyaga yetkazgan ham onadir . Onajonlar ta’rifiga har

qancha madhiyalar ham aytsak oz.

Hozir navbatni “Kim chaqqon “ harakatli o‘yiniga bera-

miz. Bundan maqsad bolalarimizni onajonlarimizga uy ishlarida

qanday yordam berib , chaqqon ekanliklarini guvohi bo‘lamiz .


Bolalar kim chaqqon “ Oshpazlar “ harakatli o‘yinini o‘ynab beradilar .

So‘ng “ Samarqandning go‘zali “ qo‘shig‘iga raqsga tushib beradilar .

B. Yigit :Mana, bayramimiz ham nihoyasiga yetdi . Yana bir bor ona-

jonlarimizni 8 mart bayrami bilan qutlab qolamiz .

B. Qiz :Yaratgandan sizlarga omonlik , baxt-saodat, xonadonlarin-

gizga fayzu barokat tilaymiz .

Bayram dasturi “ Onajonlar “ qo‘shig‘i fonnogrammasi kompazitsiyasi bilan

yakunlanadi .